Нормал физиология

Ushbu kitobda normal fiziologiya kursiga kirish, qo'zg'aluvchan to'qimalar fiziologiyasi, muskul va asab tolalari fiziologiyasi, qonning organizmdagi o'rni, yurak-qon tomir tizimi, nafas olish fiziologiyasi, modda va energiya almashinuvi, hazm fiziologiyasi, markaziy nerv tizimi va oliy nerv faoliyati kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Normal fiziologiya kursiga kirish: Fiziologiya fanining predmeti, vazifalari va bo'limlari, fiziologiya fanining rivojlanish tarixi, fiziologik tekshirish usullari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
  • Qo'zgaluvchan to'qimalarining umumiy fiziologiyasi: Qo'zgaluvchan to'qimalarning asosiy xususiyatlari, membrananing tuzilishi va xossalari, ion kanallari va qo'zgaluvchanlik mexanizmlari, tinchlik va harakat potensiallari, qo'zgalish qonuniyatlari.
  • Muskul va asab tolalari fiziologiyasi: Skelet muskulining tuzilishi, qisqarish mexanizmlari, motor birligi, charchash, silliq muskul fiziologiyasi, nerv tolalari va ularning funktsiyalari.
  • Qon organizmning ichki muhiti sifatida: Qonning tarkibi, plazma oqsillari, shaklli elementlar, qon guruhlari, gemostaz, qon aylanish doirasi va o'ziga xos xususiyatlari.
  • Yurak- qon tomir fiziologiyasi: Yurakning tuzilishi, ish sikli, qisqarish mexanizmlari, tomirlarning fiziologik xususiyatlari, qon bosimi, qon aylanish tizimining boshqarilishi.
  • Nafas olish fiziologiyasi: Nafas olish mexanizmi, o'pka ventilatsiyasi, gazlar almashinuvi, qonda gazlarning tashilishi, nafas olishning boshqarilishi.
  • Modda va energiya almashinuvi: Energiya almashinuvi qonunlari, organizmda energiya hosil bo'lishi va ishlatilishi, ovqatlanish nazariyalari.
  • Hazm fiziologiyasi: Og'iz bo'shlig'ida, me'da va ichaklarda hazm qilish jarayonlari, so'rilish mexanizmlari, hazm tizimining boshqarilishi.
  • Markaziy nerv tizimi: Neyronlar, sinapslar, nerv markazlari, qo'zgalish va tormozlanish, retikulyar formatsiya, miyacha, oraliq miya, bosh miya yarim sharlari po'stlog'i.
  • Oliy nerv faoliyati: Shartli va shartsiz reflekslar, oliy nerv faoliyatining tiplari, birinchi va ikkinchi signal sistemalari, nutq.