Agroservis korxonalarida qurilish va qishloq xo’jalik texnikalariga texnik servis xizmatini tashkil etishni
Ushbu kitob qishloq va suv xo'jaligi korxonalarida texnik xizmat ko'rsatishni tashkil etish masalalariga bag'ishlangan. Unda meliorativ transport va texnologik mashinalar parkiga texnik xizmat ko'rsatish strategiyalari, texnik servis markazining tashkiliy tuzilishi, ish rejimi, ishchi kuchi va maydonlarini hisoblash, shuningdek, iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari ko'rib chiqilgan. Kitob talabalarga, muhandislarga va qishloq xo'jaligi sohasidagi mutaxassislarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Texnik servisning tashkiliy qismi: Mashinalarga texnik xizmat ko'rsatish strategiyasini ishlab chiqish, yillik ish tartibini hisoblash, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatishning oylik reja-jadvalini tuzish, shuningdek, KMKning ta'mirlash bazasining yillik dasturini hisoblash va ixtisoslashgan ko'chma xizmat ko'rsatish vositalarining yuklanish grafigini qurish masalalari.
- Konstruktorlik qismi: Iilashish muftasini bo'laklash va rostlash stendi, tortqich stejenini mustahkamlikka hisoblash haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Loyihalash qismi: Texnik servis markazi tarkibini asoslash, ish xajmini taqsimlash, ish turlarini aniqlash, markaz ish rejimi va vakt fondi hisobi, remont-texnologik jihozlar sonini hisoblash, ishlab chiqarish maydonlari hisobi hamda ish unumdorligini oshirish va texnika xavfsizligi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Iqtisodiy qism: Texnik servis markazining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari hisobi, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar va internet ma'lumotlaridan foydalanish.
- Korxonaning rivojlanish bosqichlari: Agroservis korxonasining tashkil topishi, tizimli ravishda malakalarini oshirib, namunali servis xizmati ko'rsatilmoqdalar. Hozirgi kunda 4500 dan ortiq g'alla kombaynlari, traktorlar va qurilish mashinalariga o'z vaqtida servis xizmatini ko'rsatib kelmoqda.