Fargona viloyati sharoitida poliz ekinlari zararkunandalarining tarqalishi, biologiyasi va ekologik xususiyatlari
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi sharoitida poliz ekinlariga zarar keltiruvchi kemiruvchi hasharotlarning taksonomiyasi, biologiyasi, ekologiyasi va ularga qarshi kurash masalalariga bag'ishlangan. Kitobda Farg'ona viloyati sharoitida poliz ekinlariga zarar keltiruvchi asosiy zararkunandalar, ularning tarqalishi, biologik xususiyatlari, zarar keltirish darajasi va ularga qarshi kurash choralari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Poliz ekinlari zararkunandalari: Farg'ona viloyati sharoitida poliz ekinlariga zarar keltiruvchi kemiruvchi hasharotlarning tur tarkibi, oziqlanish spektri, tarqalishi va zarar keltirish xususiyatlari.
- Epilyaxna (Epilachna chrysomelina): Qo'ng'izlar turkumi, kekinaklar oilasi vakili. Farg'ona viloyati sharoitida tarqalishi, rivojlanishi, hayot sikli va zararlanish xususiyatlari.
- Quyruqli buzoqboshi (Gryllotalpa unispina): O'rta Osiyoda keng tarqalgan hasharot. Polizdagi turli o'simliklarning ildizlarini va ba'zan poyalarini kemirib, tuproqda o'ziga yo'l ochib, namni kamaytirib yuboradi. Farg'ona viloyati sharoitida tarqalishi va biologiyasi.
- Marokash chigirtkasi (Dociostaurus maroccanus): O'rta Osiyoda nisbatan keng tarqalgan, asosan, dala o'simliklarini jiddiy zararlaydi, shuningdek, polizchilikka ham ma'lum bir miqdorda ziyon keltiradi. Farg'ona viloyati sharoitida tarqalishi va biologiyasi.
- Otbosar chigirtkasi (Dociostaurus kraussi nigrogeniculatus): Marokash chigirtkasiga juda o'xshash, lekin biroz yo'g'onroq shakldagi, sarg'ish-kulrang chigirtka bo'lib, poliz ekinlariga ko'plab ko'paygan yillardagina ziyon etkazadi.
- Qizil chigirtka: Bu chigirtkalarga mansub ikki Calliptamus italicus L. (voha chigirtkasi) va C.turanicus Tarb. (qir chigirtkasi) turlar kiradi va Farg'ona vodiysi sharoitida poliz ekinlarida uchraydi.
- Simqurtlar: Elateridae oilasining ushbu vakillari g'alla, kartoshka, lavlagi, karm, pomidor, beda, kunjut oʻsimliklardan tashqari poliz ekinlarini ham kemirib zarar keltiradi.
- Qum qoʻngʻizi: Opartum sabulosum L. poliz ekinlari va boshqa dukkakli ekinlar, kungaboqar, lavlagi, sabzi, kartoshka va boshqa oʻsimliklar maysa va poyalarini kemirib oziqlanadi.