O’zbek adabiyotida mistifikatsiya» (Omon Muxtor va Anvar Obidjon asarlari misolida)

Ushbu bitiruv malakaviy ish Oʻzbekiston adabiyotida adabiy mistifikatsiya masalasini, xususan Omon Muxtorning "Ming bir qiyofa" romanidagi Abdulla Hakim mashq daftari va Anvar Obidjonning "Usta Gulmat" gʻazallar turkumidagi adabiy mistifikatsiya hodisasini oʻrganadi. Unda adabiy mistifikatsiyaning mohiyati, ahamiyati va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi hamda Oʻzbek adabiyotida ushbu usulning oʻziga xos koʻrinishlari ochib beriladi. Shuningdek, asarlarda adabiy mistifikatsiya ijobiy ahamiyat kasb etib, Anvar Obidjon va Omon Muxtor ijodiy uslubini belgilashda o'ziga hos ahamiyat kasb etishi ilmiy jihatdan asoslanadi.

Asosiy mavzular

  • Adabiy mistifikatsiyaning mohiyati va Oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni: Adabiy mistifikatsiya badiiy usul sifatida ko'riladi, uning ta'rifi, turlari va adabiyotdagi namunalari keltiriladi. Oʻzbek adabiyotida adabiy mistifikatsiya masalasining oʻrganilish darajasi baholanadi va ushbu hodisaning milliy adabiyotimizdagi oʻziga xosligi tahlil qilinadi.
  • Omon Muxtorning "Ming bir qiyofa" romanidagi Abdulla Hakimning mashq daftari: Romanda Abdulla Hakim obrazi va uning mashq daftari orqali berilgan adabiy mistifikatsiya tahlil qilinadi. Mashq daftarining roman gʻoyasini ochishdagi roli, Abdulla Hakim xarakterini yoritishdagi ahamiyati va adibning mahorati ochib beriladi. Asarda zamonaviy va tarixiy xronotoplar, mistikfatsiyaning qahramonlar taqdiridagi aks etishi tahlil qilinadi.
  • Anvar Obidjonning "Usta Gulmat" obrazi: Ushbu bobda Anvar Obidjon ijodidagi "Usta Gulmat" obrazi adabiy mistifikatsiya sifatida koʻrib chiqiladi. Usta Gulmatning hayoti, ijodi va gʻazallari orqali yaratilgan adabiy qiyofa tahlil qilinadi. Shuningdek, shoirning oʻziga xos uslubi va adabiy mistifikatsiyadan foydalanish mahorati ochib beriladi. Shuningdek Alamazon va Yulduziston orqali tarannum etiladi.