Shahar ekologiyasi

Ushbu kitob shaharlar ekologiyasi yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy izlanuvchilar va oʻqituvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, shaharlarning ekologik holati, urbanizatsiya jarayoni, atmosfera va suv sifatini yaxshilash, chiqindilarni utilizatsiya qilish, aholi salomatligini muhofaza qilish kabi masalalarni qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Shaharlarga qo'yiladigan ekologik talablar: Shaharlarni loyihalashtirish, qurilish va ekspluatatsiya qilishda ekologik talablarni inobatga olish masalalari, xususan, aholi zichligini me'yorlashtirish, sanoat korxonalarini turar joylardan uzoqlashtirish, transport infratuzilmasini optimallashtirish va yashil hududlarni tashkil etish kabi jihatlar yoritiladi.
  • Shaharlarni ekologik zonalarga ajratish: Shaharlarni funksional zonalarga bo'lish (turar joy, sanoat, kommunal, transport, rekreatsiya) orqali aholi salomatligini muhofaza qilish va ekologik muvozanatni ta'minlash usullari bayon etiladi.
  • Urbanizatsiya jarayoni va uning ekologik oqibatlari: Urbanizatsiyaning ijobiy va salbiy tomonlari, aholi salomatligiga ta'siri, atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi, mega-shaharlar muammolari va ularni hal etish yo'llari ko'rib chiqiladi.
  • Shahar havosi va unga qo'yiladigan talablar: Atmosfera havosining tarkibi, ifloslanish manbalari, zaharli moddalar, shamollatish, tozalash usullari, sanitar himoya zonalari va atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlari yoritiladi.
  • Shahar suvlari va ularga qo'yiladigan talablar: Shahar suv ta'minoti manbalari, suvga bo'lgan talab, oqova suvlar, ularni tozalash usullari, suv havzalarini muhofaza qilish, suv orqali yuqadigan kasalliklar va suv sifatini nazorat qilish masalalari bayon etiladi.
  • Shahar chiqindilari muammolari: Chiqindilarning turlari, hosil bo'lish manbalari, utilizatsiya usullari, qayta ishlash texnologiyalari, poligonalarni tashkil etish va ulardan foydalanish, chiqindilarni zararsizlantirish va utilizatsiya qilishning ekologik-iqtisodiy jihatlari ko'rib chiqiladi.
  • Shahar transporti va sanoati muammolari: Transport vositalarining atrof-muhitga ta'siri, transport harakatini optimallashtirish, elektor transporti rivojlantirish, sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish, resurs tejovchi texnologiyalar, atrof-muhit monitoringi va ekologik nazorat masalalari o'rganiladi.
  • Shaharliklarning ekologik ongi va madaniyati: Ekologik ta'lim, tarbiya, ma'naviy yetuklik, atrof-muhitga ongli munosabat, ekologik madaniyatni shakllantirish, aholi ekologik bilimini oshirish va ekologik muammolarni hal etishda faol ishtirok etish kabi masalalar yoritiladi.
  • Shahar sharoitida bogʻ-rogʻlarni yaratish: Bog' va rog'lar, sihat salomatlikni ta'minlovchi asosiy maskan ekanligi, Shahar havosining toza saqlashda atmosferaga kam gaz chiqaradigan, quyuqlashtirilgan propan, butan gazlaridan foydalanish haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Shaharlarda ekologik boshqaruv va atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish: Mavjud ekologik holat va oʻzgarish tendentsiyalari, atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish yoʻllari va normativ hujjatlar bilan tanishiladi.