Кварцли олтин таркибли рудалардан олтинни гравитация - сорбция технологияси ёрдамида ажратиб олиш жараёнини танлаш, асослаш ва ҳисоблаш

Ushbu kitobda oltinni ajratib olish fabrikasida sorbsiyali sianlash sexining loyihasi ko'rib chiqilgan. Mavjud texnologiyalar solishtirilib, oltinli kvars rudalarini qayta ishlashning mukammal texnologik sxemasi yaratilgan. Loyihada texnik va texnologik hisob-kitoblar amalga oshirilgan, asosiy va yordamchi dastgohlar tanlangan va hisoblangan. Loyihaning umumiy rejasi, hajmi hisob kitobi amalga oshirilgan va loyihaning iqtisodiy samaradorligi hamda ekologik xavfsizligi ko'rsatilgan. O'rnatilgan texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar loyihani amalga oshirish uchun sarmoya 0,86 yilda qoplanishini ko'rsatdi. Mahsulotning rentabelligi 26,74% ni tashkil qildi. Asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar loyihaning iqtisodiy jihatdan samarador ekanligini va sarmoya kiritishga munosibligini tasdiqlaydi.

Asosiy mavzular

  • Metallurgik hisob kitoblar: Metallurgik hisob kitoblar jarayonlar bo'ylab asosiy komponent miqdorini aniqlash uchun va ajrakishlar koiffitsenti va dastgoh tanlash uchun olib boriladi. Shuningdek tenglama tuzish va bo’linishlar tenglamasini tuzish jarayonlari batafsil yoritilgan.
  • Kvarsli oltin tarkibli rudalarni qayta ishlash texnologik sxemasi: Kvarsli oltin tarkibli rudalarni gravitatsiya sorbsiya texnologiyasi bo'yicha qayta ishlash bosqichlari, har bir bosqichdagi jarayonlar ketma-ketligi va ularning vazifalari tushuntirilgan. Jumladan maydalash, yanchish, cho’ktirish, tasniflash, quyultirish, dastlabki sianlash, sorbsiyali tanlab eritish va boshqa jarayonlar o’z aksini topgan.
  • Sorbsiyali tanlab eritish amaliyoti: Ushbu mavzuda sorbsiyali tanlab eritish amaliyoti va unda ishlatiladigan dastgoxlarning ishlash tartibi, sian eritmalardan oltinni ajratib olish usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko’rib chiqilgan.
  • Sianlash jarayonining fizik – kimyoviy asoslari: Kichik o'lchamli oltin zarrachalarini ajratib olishni asosiy usullaridan biri bo'lgan sianlash jarayonining asosiy mohiyati, metallarni ishqoriy va ishqoriy yer metallari bilan hosil qilingan tuzlar va kislorod yordamida eritishdan iboratligi yoritib berilgan.