Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida geografiya o‘qitish metodikasi bo‘yicha bilim beruvchi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanmadir. Qo‘llanmada Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Markaziy Osiyo mamlakatlari dunyo kartasida: Turkiston o`lkasi, Turkiston general gubernatorligi, O`rta Osiyo, Markaziy Osiyo tushunchalarini tahlil qilish, Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy geografik o`rnini belgilash va ularni dunyo siyosiy kartasidagi o`rnini aniqlash.
- Markaziy Osiyoning tabiiy resurslari: Markaziy Osiyo hududidagi tabiat resurslariga xo`jalik nuqtai nazaridan umumiy baho berish, turli resurslar bilan ta'minlanganligini, hududlarda joylashish xususiyatlarini va miqdorini (zaxirasini) belgilash.
- Markaziy Osiyo malakatlarining aholisi va mehnat resurslari: Aholining umumiy soni, tabiiy o`sish ko`rsatkichi, zichligi, tug`ilish va o`lim koeffisienti hamda bu ko`rsatkichlarning Markaziy Osiyo hududida joylashgan Mustaqil Respublikalarda qanday taqsimlanganligini tahlil qilish.
- Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo`jaligi. Yoqilg`i-energetika majmuasi: Markaziy Osiyo mamlakatlarning sanoat tarmoqlarini tuzilishi, rivojlanish ko`rsatkichi, ularni belgilovchi omillar va imkoniyatlarni tahlil qilish. Sanoat tarmoqlari va ularning ishlab chiqarish salohiyatiga oid kartografik materiallarni qiyoslash, taqqoslash ko`nikmasini shakllantirish, ularning istiqbollarini belgilash.
- Qozog`iston Respublikasining geografik o`rni, tabiiy resurslari va ma'muriy hududiy bo`linishi: Qozogiston Respublikasining tabiiy va iqtisodiy geografik o`rni, uning dunyoni iqtisodiy va siyosiy kartasidagi o`rni,hamda ma'muriy – hududiy bo`linishi haqida bilim berish,ko`nikma va malaka hosil qildirish.
- Qirg`iziston Respublikasining geografik o`rni, tabiiy sharoiti va resurslari, ma'muriy hududiy bo`lnishi: Qirg`iziston Respublikasining tabiiy va iqtisodiy geografik o`rni, qo`shni davlatlar bilan chegarasi hamda tabiiy resurs va ma'muriy – hududiy bo`linishi haqida ko`nikma, malaka hosil qilish va bilim berish.
- Tojikiston Respublikasining geografik o`rni,tabiiy resurslari va ma'muriy hududiy bo`linishi: Tojikiston Respublikasining tabiiy va iqtisodiy geografik o`rni, qo`shni davlatlar bilan chegaralari, tabiiy resurslari hamda uning ma'muriy – hududiy bo`linishi haqida ko`nikma va malaka hamda bilim berish.
- Turkmaniston Respublikasining geografik o`rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari: Turkmanistonning tabiiy va iqtisodiy geografik o`rni,tabiiy sharoiti va resurslariga xo`jalik jihatdan umumiy baho berish, uning geografik ornini qulay va noqulay ekanligini ko`rsatish,tabiiy resurslarning mamlakat hududida joylashganligi xususiyatlarini aniqlash