Kompyuter grafikasi va dizayni

Ushbu kitob kompyuter grafikasi va dizayn asoslarini, turli xil dasturiy vositalarni o'rganishga bag'ishlangan. Unda 2D va 3D grafikalar, vektor va rastr grafikalari, animatsiya, tipografiya, web-dizayn kabi mavzular yoritilgan. Kitob kompyuter grafikasining fundamental algoritmlari, rang modelarining turli xillari (RGB, CMY, HSV, HLS) bilan to'liq ta'minlangan. Dasturiy vositalar Photoshop, CorelDraw va Macromedia Flash kabi amaliy dasturlar Instrumental grafik vositalar OpenGL, DirectX va grafik bibliotekalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Grafik dizayn asoslari: Shakl va fazoni anglash, grafik dizaynda rang o'rni, kompozitsiya tushunchasi, tipografik dizayn, Web-dizayn asoslari, reklama vositalari.
  • Kompyuter grafikasi va dizaynda dasturiy vositalar: Amaliy grafik dasturlar: vektor, rastr va animatsiya grafik vositalari Photoshop, CorelDraw, Macromedia Flash dasturlari. Instrumental grafik vositalar: OpenGL, DirectX - grafik bibliotekalari.
  • Kompyuter grafikasida geometrik shakllarni ifodalash: Poligonal to'rlar va ularni berish usullari: yoqlarni oshkora berish, uchlarni oshkora berish va qirralarni oshkora berish. Splayn funktsiyalar: kubik splayn egri chiziqlar va bikubik splayn sirlar (Ermit, Bez'e, B-splayn funktsiyalari).
  • Kompyuter grafikasida rangni ifodalash: Asosiy rang modellari. RGB additiv rang modeli. CMY rang modeli. HSV rang modeli. HLS rang modeli.
  • Kompyuter grafikasida fazo (3D) ob'ektlarini bo'yash: Yorug'lik va uning tarqalishi: aks qaytarish, diffuzion aks, ideal sinish, diffuzion sinish. Nurning yo'nalishini aniqlash algoritmlari. Yorug'lik intensivligini hisoblash modellari. Guro usuli bilan bo'yash. Fong usuli bilan bo'yash.
  • Ko'rinmas chiziq va sirtlarni olib tashlash algoritmlari: Ko'rinmas sirtlarni ajratish va olib tashlash algoritmi. Ko'rinmas chiziqlarni olib tashlash. Roberts algoritmi. Appel algoritmi. Tartiblash algoritmlari. Ko'rinmas qismlarni olib tashlash. Z-bufer usuli. Varnok algoritmi.
  • Rastr algoritmlari: Kesmaning rastr algoritmi (Brezenxeym algoritmi). Aylana va ellips uchun rastr algoritmlari (Brezenxeym algoritmlari). Kesmani kesilish algoritmi (Sozerlan-Koxen algoritmi). Nuqtani ko'pburchakka tegishliligini aniqlash algoritmi. Tekislikda (2D) sohani bo'yash algoritmlari. Nurni oddiy geometrik ob'ektlar bilan kesish algoritmlari: nurni sfera, tekislik, qavariq ko'pburchak, parallelipiped bilan kesish algoritmlari.