Социология

Ushbu kitob Sotsiologiya fanidan seminar mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatma bo’lib, unda sotsiologiya fanining dolzarb mavzulari, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, shaxs sotsiologiyasi, din va madaniyat sotsiologiyasi, oila va nikoh sotsiologiyasi, shahar va qishloq sotsiologiyasi, mehnat va iqtisod sotsiologiyasi, empirik sotsiologik tadqiqot metodlari va globallashuvning ijtimoiy taraqqiyotga ta'siri kabi mavzular yoritilgan. Kitob bakalavr ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Sotsiologiya fan sifatida: Sotsiologiya atamasi, predmeti va obyekti, sotsiologiyaning ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni, sotsiologiyadagi asosiy yo’nalishlar.
  • Jamiyat social strukturasi va stratifikatsion jarayonlar: Ijtimoiy stratallar nazariyasi va uni o’rganish tarixidan, O’zbekiston yoshlarining stratifikatsiyasi, yoshlar sotsiologiyasi tushunchasi va uning tasnifiy belgilari.
  • Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor: Shaxs sotsiologiyasi, sotsiologiyada shaxs tushunchasi va uning mazmun-mohiyati, deviant xulq-atvor sotsiologiyasi.
  • Din va madaniyat sotsiologiyasi: Din sotsiologiyasi fanining dolzarb masalalari, madaniyat tushunchasi, madaniyat sotsiologiyasining maqsad va vazifalari.
  • Oila va nikoh sotsiologiyasi: Oila sotsiologiyasi, oilaning social mohiyati, hamda uning axloqiy asoslari, oilaning funktsiyalari va uning tiplari, oila-nikoh munosabatlari.
  • Shahar va qishloq sotsiologiyasi: Shahar va qishloq sotsiologiyasi, shahar va qishloq axolisining turmush tarzi va uni o’rganishning ahamiyati.
  • Mehnat va iqtisod sotsiologiyasi: Mehnat sotsiologiyasining vujudga kelishidagi shart-sharoitlar, mehnatning social shakllari va shart-sharoitlari, iqtisod sotsiologiyasining fan sifatida shakllanishi.
  • Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari: Sotsiologik tadqiqotlar dasturi, sotsiologik tadqiqot usullari.
  • Globallashuv va ijtimoiy tarakkiyot sotsiologiyasi: Globallashuv tushunchasi, hozirgi zamon jamiyatining muhim global muammolari, ijtimoiy ekologiya tushunchasi.