Таълим тизими бошқариш
Ushbu kitob ta'lim tizimini boshqarish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda zamonaviy ta'lim muassasalari rahbarlarining funksional vazifalari, boshqaruv faoliyatining samaradorligi, boshqaruv funksiyalari va metodlari, ta'lim muassasalaridagi tashkiliy tuzilish, strategik boshqaruv va rejalashtirish, boshqaruv jarayonidagi tarbiyaviy munosabatlar, boshqaruvda rahbarlik uslublari, ta'lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv qobiliyatlari va umuminsoniy hislatlar, boshqaruvda mehnat munosabatlari etikasi, ta'lim rahbarining ish vaqti va undan foydalanish, xodimlar orasida ish taqsimlashi va xodimlar va rahbarlar faoliyatini tashkil etish kabi masalalar yoritilgan. Kitob o'qituvchilar, rahbarlar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Menejment (boshqarish) fanining predmeti va vazifalari: Menejment fanining shakllanishi, mohiyati, vazifalari va ta'lim menejmentining vazifalari haqida ma'lumot beriladi.
- Boshqaruv tushunchasining mazmuni va mohiyati: Boshqaruv tushunchasining ta'rifi, menejment so'zining boshqaruvdan farqi va boshqaruv strukturasi haqida tushunchalar beriladi.
- Boshqaruv funktsiyalari: Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni, vazifalari, ma'muriy boshqaruv funktsiyalari va ta'lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv funktsiyalari ko'rib chiqiladi.
- Boshqaruv metodlari: Boshqaruvda qo'llaniladigan iqtisodiy, tashkiliy-ma'muriy va psixologik metodlar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Boshqaruv qarorlari: Boshqaruvda qaror qabul qilish jarayonining ahamiyati, statistik va taktik qarorlar, umimiy va maxsus qarorlar, stereotip va tashabbusli qarorlar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Boshqaruv jarayonida pedagogika fanining vazifalari: Inson tarbiyasida pedagogika fanining roli, vazifalari, tarbiyaga oid sharq allomalarining qarashlari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Kadrlar faoliyatini baholash va rag'batlantirish: Pedagog kadrlarning faoliyat turlari, extiyojlari, TМda pedagoglarni taqdirlash tizimi, фаолиятини rag'batlantirish shakllari ko'rib chiqiladi.
- Bo'shqaruv jarayonida psixologiya fanlarining asosiy tushunchalari, vazifalari va ahamiyati.: Psixologiya - insonning ichki dunyosi va ruhiy holatlari haqidagi fandir. Psixik ruhiy holat faqat insonlarga xos bo'lmay, hayvonlarga ham xosdir, lekin biz insonlarning ruhiy holatini o'rganuvchi psixologiya fanining vazifalariga to'xtalamiz. Psinxika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning aloxida xossasi bulib, ob`ektiv olamni sub`ektiv holatda aks ettirishdan iborat.
- Ta'lim sifatini nazorat va o'lchov tizimi: Pedagogik texnologiyalar orqali ta'lim sifatini nazorat qilish tizimini amlaga oshirishning bosqichlari keltirib o'tilgan.
- Pedagogik kadrlarning faoliyatini baholash va rag'batlantirish: Ta'lim muassasalari xodimlari faoliyatini rag'batlantirish va qo'llab quvvatlashga taaluqli bo'lgan ma'lumotlar bayon etiladi.
- Ta'lim sifatini o'lchash hamda baholash shakli va metodlari.: Ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini o'lchash, baholash va nazorat shakllari va metodlari tavsifi beriladi.