Rajabiylar sulolasining maqomga qo'shgan xissasi.

Kitob O‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat institutida kino televideniya va radio san’ati fakulteti talabasi tomonidan tayyorlangan. Unda O‘zbekiston san’ati va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan Rajabiylar sulolasining maqom san’atiga qo‘shgan hissasi o‘rganilgan.

Asosiy mavzular

  • Maqom mulkining sultoni: Ushbu bobda Yunus Rajabiyning hayoti, ijodi va maqom san’atiga qo‘shgan hissasi batafsil yoritilgan. Shuningdek, uning shogirdlari va hamkasblari haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Yunus Rajabiyning ijod yullari: Yunus Rajabiyning musiqa sohasidagi dastlabki qadamlari, ustozi kim bo’lganligi va qanday asarlar yaratganligi haqida hikoya qilinadi.
  • "Rajabiynoma" va Hasan Rajabiy: Hasan Rajabiyning otasi Yunus Rajabiy haqidagi xotiralari va Rajabiylar sulolasining san’atga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Maqomlar qomusi va Ishoq Rajabiy: Ishoq Rajabiyning maqom san’ati haqidagi ilmiy ishlari va uning maqomlarni tadqiq etishga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berilgan.