Gidrologik bashorat
Ushbu kitob gidrometeorologiya kasb-hunar kolleji o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, gidrologik bashoratlar fanining namunaviy dasturi asosida tayyorlangan. Qo'llanmada nazariy asoslar va amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko'rsatmalar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Gidrologik bashoratlar va ularning aniqligini baholash: Bashoratlashning maqsadi, vazifalari, ahamiyati, turlari, tasnifi va uni tashkil etish masalalari.
- Daryolar suv rejimi elementlari va oqimi miqdorini qisqa muddatli bashoratlash: Suv rejimini, gidrologik tendensiyalarni, moslashgan sath usullarini bashoratlash.
- Tekislik daryolari oqimini uzoq muddatli bashoratlash: Tekislik daryolari oqimini bashoratlashning tabiiy asoslari, toʻyinishida qor qoplamining ahamiyati.
- Tog' daryolari oqimini uzoq muddatli bashoratlash: Togʻ daryolari oqimini bashoratlashning tabiiy asoslari va zamonaviy usullari, havza haroratini aniqlash usullari.
- Suv havzalarida muzlash hodisalarini bashoratlash: Muzlash hodisalarini bashoratlashning ahamiyati, muzlash hodisalari ko'rinishlari va muz qoplamining shakllanishi.