Yonilg‘i quyish shahobchalarida servis xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
Kitobda avtomobillarga yoqilg'i quyish stansiyalarida (YOQSh) servis xizmatini tashkil etish masalalari, texnik xizmat ko'rsatish tartibi, jihozlar va ularga texnik xizmat ko'rsatish talablari, texnika xavfsizligi qoidalari va neft mahsulotlarini tejash yo'llari yoritilgan. Kitob kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Texnik xizmat ko'rsatish va ishlatish: Rejaviy-ogohlantiruvchi texnik xizmat ko'rsatish tizimi, texnikaning holati va nosozliklari, mashinalarga texnik xizmat ko'rsatish tizimi, yoqilg'i quyish jihozlariga texnik xizmat ko'rsatish talablari, texnik xizmat ko'rsatish vositalari va tashxis qo'yish, harakatlanuvchi qismga texnik xizmat ko'rsatish vositalari, avtomobillarga yoqilg'i quyish vositalari, traktor va qishloq xo'jalik mashinalariga yoqilg'i quyish vositalari, texnikaviy tashxis qo'yish vositalari, texnik xizmat ko'rsatish punktlari, neft omborlari xo'jaliklari, neft mahsulotlari sarfini kamaytirish yo'llari, texnik xizmat ko'rsatish texnologiyasining o'ziga xosligi.
- Uskunalarni ta'mirlash: Asosiy tushunchalar va ta'riflar, detallarni yuvish va tozalash, texnik nazorat tizimi va uning turlari, ta'mirlanadigan mahsulotlarga qo'yiladigan talablar, detallarni tiklashning zamonaviy usullari, detallarni galvanik, kimyoviy qoplamalar, plastik deformatsiyalash usullarida tiklash, detallarni metall purkab, metallash usulida, polimer ashyolardan foydalanib, kavsharlab va boshqa usullar bilan tiklash, detallarni tiklashning maqbul usulini tanlash, mashinalarning namunaviy detallarini (rezbali, shponkali va shlitsli birikmalar, shesternyalar, korpusli detallar va boshqalarni) ta'mirlash, dvigatel bloki, silindr va gilzalarni tiklash, yonilg'i quyish jihozlari detallarini ta'mirlash.