Maxsus rasm
Ushbu kitob tasviriy san'at asoslarini, xususan, rasm chizish texnikalarini o'rgatishga bag'ishlangan. Unda perspektiva, kompozitsiya, soyalar, ranglar va inson anatomiyasi kabi muhim mavzular qamrab olingan. Kitob kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga maxsus rasm chizish ko'nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Fanning tikuvchilik sanoatini rivojlantirishdagi o'rni, kiyim modelini yaratish va konstruksiyasini qurishning ahamiyati.
- Perspektiva va kompozitsiya: Perspektivaning asosiy qonunlari, havo perspektiva, kompozitsiya haqida umumiy tushunchalar.
- Geometrik jismlarni chizish: Oddiy geometrik shakllar, simmetrik figuralar rasmini chizish, simmetrik va asimmetrikni hisobga olib rasm chizish.
- Yorug'lik va soya: Yorug'lik soya yordamida jismning hajmini tasvirlash, shu'la, hajmiy shakllarni chizish.
- Naturmort chizish: Rang-tasvir asarlari, oddiy naturmort chizish, naturmortni drapirovka bilan birga chizish.
- Mato va taxlamalar: Drapirovkalar, taxlamalar va soyalar. Drapirovka va taxlamalar rasmini chizish.
- Uy anjomlari: Uy anjomlari va jismlarini soya asosida chizish.
- Tana tuzilishi: Bolalar, ayollar, erkaklar tana tuzilishidagi nisbiylik. Kalla va oyoq-qo'llar rasmini chizish.
- Ranglar haqida tushuncha: Xromatik va axromatik ranglar, ranglarning bir-biriga bog'liqligi, milliy naqsh va ranglar jadvali.
- Kiyim modellari: Kiyim modellarini chizish, ayollar, erkaklar va bolalar kiyimini gavdada kiydirilgan holatda chizish.