Kompleks iqtisodiy tahlil

Ushbu darslikda bozor munosabatlariga asoslangan erkin iqtisodiyot sharoitida kompleks iqtisodiy tahlilning maqsadi, vazifasi, tahlil etish metodlari, korxonaning resurs potensiali, asosiy va aylanma kapitalidan samarali foydalanish, moliyaviy barqarorlik, ishbilarmonlik faolligini baholash yo'llari, ularning tizimi nazariy va amaliy jihatdan ochib berilgan. Ayrim bo'limlar marketing, tannarx va xarajatlarni tahlili, daromadlilik, balans aktivi, kapitali va majburiyatlarining rentabelligini tahliliga bag'ishlangan.

Asosiy mavzular

  • Xo'jalik Faoliyatining Kompleks Iqtisodiy Tahlili: Kompleks iqtisodiy tahlilning mohiyati, mazmuni, maqsadlari, vazifalari va tamoyillari, tahlilning obyekti, subyekti, usullari va axborot manbalari, tahlil natijalarini umumlashtirish
  • Kompleks Iqtisodiy Tahlil Tizimi va Metodologiyasi: Iqtisodiy ko'rsatkichlarning shakllanishi, tasnifi, tahlil usullari, omillarni turkumlash, omillarning tasiri, korxona xo'jalik faoliyatining samaradorligini oshirish rezervlari
  • Kompleks Iqtisodiy Tahlil Tizimidagi Marketing Tahlili: Marketing tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari, tahlil usullari, tovar va korxonaning baho siyosati, mahsulot raqobatdoshligi tahlili, mahsulot assortimenti va strukturasining tahlili
  • Moddiy Resurslar Holati Va Ulardan Samarali Foydalanish Tahlili: Moddiy resurslar bilan ta'minlanishi tahlili, asosiy manbalari, baholash usullari, materiallardan foydalanish ko'rsatkichlari tizimi
  • Asosiy Vositalar Holati Va Ulardan Samarali Foydalanish Tahlili: Asosiy vositalar bilan ta'minlanishi va ulardan unumli foydalanishning ahamiyati, asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili, asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish tahlili, mashina va uskunalarning ish vaqtidan va quvvati boʻyicha foydalanish tahlili, amortizatsiya ajratmalari va ularning tahlili
  • Mehnat Resurslari Potentsiali Boshqarilishining Tahlili: Mehnat resurslari bilan ta'minlanishining tahlili, ish vaqtidan foydalanish tahlili, mehnat unumdorligi koʻrsatkichlari va ular dinamikasining tahlili
  • Kompleks Tahlil Va Ishlab Chiqarishning Tashkiliy-Texnik Darajasini Baholash: Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasi, ishlab chiqarish samaradorligi, texnologiya va boshqaruv darajasi, mehnatni tashkil etish va mehnat jamoasining ijtimoiy sharoiti, texnik-tashkiliy chora-tadbirlar samaradorligini baholash
  • Xarajat Va Mahsulot Tannarxini Boshqarishda Kompleks Iqtisodiy Tahlil: Tannarxning mohiyati va tahlilning vazifalari, xarajatlarni turkumlash, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas xarajatlar, materiallar xarajatiga ta'sir etuvchi omillar, mahsulot turlari tannarxining tahlili, mahsulot tannarxini pasaytirish rezervlarini aniqlash usuli
  • Korxona Faoliyatining Daromad, Xarajat Va Moliyaviy Natijalarining Kompleks Tahlili: Daromad va xarajatlarning kompleks tahlili, moliyaviy natijalar tahlili, asosiy faoliyatdan ko'rilgan moliyaviy natijaga ta'sir etuvchi omillar tahlili, balans aktivi, xususiy kapital va qarz kapitali, sotishdan ko'rilgan va xarajat rentabelliklarining kompleks iqtisodiy tahlili, moliyaviy natijalarni shakllantirishdagi roli va ahamiyati, xususiy kapital rentabelligi tahlili, ishlab chiqarish rentabelligini tahlili
  • Korxonaning Moliyaviy Holatini Kompleks Tahlili Va Toʻlovga Qodirlik, Moliyaviy Barqarorlik Va Ishbilarmonlik Faolligini Baholash: Moliyaviy holat tahlilining mazmuni va vazifalari, moliyaviy tahlil bosqichlari va standart usullari, balans aktivi moddalarini tahlili, oborot mablag'lari va ular bilan korxonaning ta'minlanishini tahlili, korxonaning to'lovga qodirligi, moliyaviy barqarorligi va ishbilarmonlik faolligini ifodalovchi koʻrsatkichlarini baholash