Макроиқтисодиёт
Ushbu kitob makroiqtisodiyot asoslarini o'rganuvchi talabalar, tadqiqotchilar va bu sohada qiziquvchilarga mo'ljallangan. Unda makroiqtisodiyotning asosiy tushunchalari, nazariyalari va modellarini o'zbek tilida tushunarli va sodda uslubda bayon etishga harakat qilingan.
Asosiy mavzular
- Makroiqtisodiyotga kirish: Makroiqtisodiyot fanining shakllanish tarixi, predmeti, obyekti, tadqiqot usullari va doiraviy oqim modeli muhokama qilinadi. Makroiqtisodiyotning asosiy makrosubyektlari va ularning iqtisodiy jarayonlardagi o'rni tahlil qilinadi.
- Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va ularni hisoblash: Milliy hisobchilik tizimi, yalpi ichki mahsulot (YIM), yalpi milliy daromad (YMD) kabi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va ularni hisoblash usullari (ishlab chiqarish, xarajatlar, daromadlar) batafsil yoritiladi. Nominal va real YIM, shuningdek, asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar tahlil qilinadi.
- Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik.: Iqtisodiy davrlar va tebranishlar, ishsizlik tushunchasi, turlari (friksion, tarkibiy, davriy), iqtisodiy oqibatlari va Okun qonuni ko'rib chiqiladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va ishsizlikka ta'siri o'rganiladi.
- Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati: Inflyatsiya mohiyati, hisoblash usullari, turlari (talab va taklif inflyatsiyasi) va inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liqlik (Fillips egri chizig'i) tahlil qilinadi. Aksilinflyatsiya siyosati va uning xususiyatlari bayon etiladi.
- Yalpi talab-yalpi taklif modeli: Yalpi talab (AD) va yalpi taklif (AS) modellari, ularning omillari, yalpi talab va taklifning o'zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga ta'siri, shuningdek, makroiqtisodiy siyosat tahlil qilinadi.
- Iste'mol, jamg'arish va investitsiya funksiyalari: Iste'mol va jamg'arish tushunchalari, funksiyalari, o'rtacha va chegaraviy moyilliklar tahlil qilinadi. Investitsiyalarning mohiyati, turlari, omillari va akselerator modeli ko'rib chiqiladi.
- Keynsning tovarlar va xizmatlar bozoridagi makroiqtisodiy muvozanat modeli: Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari, haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar, "Keyns xochi" modeli, retsession va inflyatsion uzilishlar batafsil o'rganiladi. Avtonom xarajatlar multiplikatori tahlil qilinadi.
- Pulga talab: Pul tushunchasi, funksiyalari va agregatlari, pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari, hamda pul bozorida muvozanat masalalari o'rganiladi.
- Pul taklifi: Pul taklifi, bank multiplikatori, Ochiq bozor operatsiyalari va Hisob stavkasi kabilar ko'rib chiqiladi
- Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat: Ochiq iqtisodiyot tushunchasi, Manndell-Fleming modeli, valutaga bog`liq siyosat, har bir holat uchun tavsiyalar keltirilgan.
- To'lov balansi: To'lov balansi tushunchasi, tarkibi, tarkibiy qismlari o`rtasidagi bog`liqliklar haqida ma`lumotlar berilgan.
- Valyuta kursi: Valyuta, valyuta bozori,valyuta kursining shakllanishi va belgilovchi omillar keltirilgan.
- Iqtisodiy o'sish: Iqtisodiy o'sishning manbalari va omillarini o'z ichiga olgan holda Solou modeli, Harrod-Domar modelli haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tashqi savdo siyosati: Tashqi savdo siyosati maqsadlari va vositalarini, xususan import va eksport ta`riflarini yoritib berilgan. A.Smit va Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi kabi savdo nazariyalarini ochib berilgan.