Gidravlika

Ushbu kitob gidravlika asoslarini, suyuqlik harakatining qonuniyatlarini, gidrotexnik inshootlarni va ulardagi suv harakatini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda suyuqlikning asosiy xossalari, harakat turlari, bosimli va bosimsiz oqimlar, kanal va o'zanlardagi harakatlar kabi mavzular batafsil yoritilgan. Material kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Gidravlika asoslari: Gidrostatik bosim, suyuqlikka ta'sir etuvchi kuchlar, bosimning yuzaga ta'siri, suzish qonunlari.
  • Suyuqlik harakatining turlari: Gidrodinamika, suyuqlik harakatining turlari, sarf, uzluksizlik tenglamasi, Bernulli tenglamasi.
  • Damli quvurlarda suyuqlik harakati: Quvurlarning vazifasi va tasniflanishi, gidravlik hisobi, gidravlik zarb.
  • Yerosti suvlari: Yerosti suvlari va ularning harakati to'g'risida ma'lumot, tekis harakat.