Ichki kasalliklar
Ushbu o'quv qo'llanma tibbiyot kollejlari oʻquvchilari hamda oliy ma'lumotli hamshiralar tayyorlash uchun moʻljallangan. Kitobda terapiyaga oid barcha ma'lumotlar, ya'ni odam ichki a'zolarida uchraydigan kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish, davolash yo'llari, parvarish paytida hamshira bajarishi lozim boʻlgan vazifalar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari va belgilari, diagnostika va davolash usullari haqida ma'lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Ichki kasalliklar fanining rivojlanish tarixi: Ushbu mavzu tibbiyotning rivojlanish davrlarini, tibbiyotning qanday ahvolda bo'lganligini va rivojlanish darajasini, mazmuni va usullarini, tibbiyot fanlari bilan bog'liqligini o'rganadi.
- Bemorlarni bevosita va bilvosita tekshirish usullari: Ushbu mavzu subyektiv va obyektiv tekshirish usullari, tana tuzilishi, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya kabi usullarni o'z ichiga oladi.
- Bemorlarni tibbiy asbob-uskunalar yordamida tekshirish: Ushbu mavzu rentgenoskopiya va rentgenografiya, endoskopiya, ultratovush tashxisi (UTT), kompyuter tomografiyasi, magnit-rezonansli tomografiya (MRT), skanerlash, EKG olish va uni sharhlash kabi tekshiruv usullarini o'z ichiga oladi.
- Laborator tekshirish usullari: Ushbu mavzu qonni laboratoriya tekshiruvi, gemoglobin va uning miqdorini aniqlash, eritrotsitlar miqdorini aniqlash, leykotsitlar miqdorini aniqlash, trombotsitlar miqdorini aniqlash, qonning rang koʻrsatkichini aniqlash, eritrotsitlar choʻkish tezligini aniqlash, qon surtmasini tayyorlash, qon guruhlari, qon guruhini aniqlash kabi tahlil usullarni o'rganadi.
- Nafas olish a'zolari kasalliklari: Ushbu mavzu qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumot, nafas olish a'zolari kasalliklarining asosiy alomatlari va tekshirish, bronxitlar, pnevmoniyalar, oʻpka yiringlashi, bronxoektatik kasallik, oʻpka emfizemasi va pnevmoskleroz, plevritlar, oʻpka sili va oʻpka saratoni kabi kasalliklarni o'rganadi.
- Yurak-qon tomirlar tizimi a'zolari kasalliklari: Ushbu mavzu qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumotlar, yurak-qon tomirlar tizimi a'zolari kasalliklarining umumiy alomatlari va tekshirish usullari, revmatizm, revmokardit, yurak poroklari, ateroskleroz, arterial gipertoniya, gipertonik kriz, yurakning ishemiya kasalliklari, miokard infarkti kabi kasalliklarni o'rganadi.
- Ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari: Ushbu mavzu kasallik haqida umumiy tushuncha, jigar va oʻt yoʻllari aʼzolarining qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumotlari, hazm a'zolari tizimi kasalliklarining umumiy alomatlari va tekshirish usullari, me'da kasalliklari, oʻtkir gastrit, surunkali gastritlar, me'da va oʻn ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, me'da saratoni, ichak kasalliklari kabi kasalliklarni o'rganadi.
- Buyrak va siydik ajratish yo'llari kasalliklari: Ushbu mavzu qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumot, buyrak va siydik ajratish yoʻllari kasalliklarining asosiy alomatlari hamda tekshirish usullari, o'tkir diffuz glomerulonefrit (oʻtkir nefrit), surunkali diffuz glomerulonefrit (surunkali nefrit), buyrak yetishmovchiligi. Uremiya, surunkali diffuz glomerulonefrit, buyrak yetishmovchiligi, uremiyalarn davolash va profilaktikasi kabi kasalliklarni o'rganadi.
- Qon va qon ishlab chiqarish a'zolari kasalliklari: Ushbu mavzu qisqacha anatomik-fiziologik maʼlumotlar, qon tizimi kasalliklarining asosiy alomatlari va tekshirish usullari, anemiya (kamqonlik), oʻtkir postgemorragik anemiya, surunkali postgemorragik anemiya, temir yetishmasligidan paydo boʻladigan anemiya, B12 vitamini (folat kislota) yetishmasligidan kelib chiqadigan anemiya, Gemolitik anemiya kabi kasalliklarni o'rganadi.
- Ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi kasalliklari: Ushbu mavzu qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumotlar, endokrin sistemasi kasalliklarining asosiy alomatlari va tekshirish usullari, qalqonsimon bez kasalliklari, endemik buqoq, Bazedov kasalligi.Tireotoksikoz, Miksedema, Qandsiz diabet, Moddalar almashinuvi kasalliklari va Qandli diabet kabi kasalliklarni o'rganadi.
- Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklari: Ushbu mavzu qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumotlar, Revmatoid artrit, Infeksion artritlar, Soʻzakli artrit, Zaxmli artrit (sifilitik artritlar), Brutselloz artriti, Tizimli qizil yugurik kabi kasalliklarni o'rganadi.
- Kashga oid kasalliklar: Ushbu mavzu tibbiyotda kasbga oid kasalliklar toʻgʻrisida ma'lumotni beradi. Kasb kasalliklari, Pnevmokoniozlar, Tebranish kasalligi (vibratsion kasallik), Nur kasalligi kabi kasalliklarni o'z ichiga oladi.
- Oʻtkir alleryozlar. Allergiya va allergik kasalliklar: Ushbu mavzu Allergiya va allergik kasalliklar, Anafilaktik shok, Dori allergiyasi, Kvinke shishi. Eshakemi kabi kasalliklarni o'rganadi.