Нумизматика

Ushbu kitob O'zbekistonning qadimiy davridan to XX asr boshlarigacha bo'lgan numizmatik tarixini qamrab oladi. Unda turli davrlardagi tangalar, ularning zarb etilishi, muomalada bo'lishi va ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo xonliklarida, xususan Qo'qon, Buxoro va Xiva xonliklarida zarb etilgan tangalar ham batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Antik davr tangalari: Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlaridagi tangalar, ularning xususiyatlari va ahamiyati.
  • O'rta Osiyo tangalari: Grek-Baqtriya tangalari, ularning zarb etilishi va O'rta Osiyodagi ahamiyati. Xorazmda zarb qilingan dastlabki tangalar.
  • ilk o'rta asr tangalari: VII-VIII asrlarda O'rta Osiyoda aylanib yurgan Vizantiya, Xitoy va So'g'd tangalari.
  • Arab xalifaligi va Somoniylar davri tangalari: Islom dinining tangalarga ta'siri, arab yozuvlarining paydo bo'lishi, dinor, dirham va fels kabi tangalar haqida ma'lumot.
  • O'rta asr va yangi davr Yevropa, Amerika tangalari: Yevropa davlatlarida tangalarning zarb etilishi, kumush konlarining ochilishi va pul birliklarining shakllanishi.
  • Rossiya tangalari: Rossiyada tanga zarb etilishining yo'lga qo'yilishi, tangalarning turlari, Petir I islohotlari.
  • Sovet davri pullari: Inqilobdan keyingi pullar, Sovet davridagi pul islohotlari, turli xil bonlar va cheklar.
  • Amir Temur va Temuriylar tangalari: Qoraxoniy davri tangalari, Amir Temurning iqtisodiy siyosati, pul islohotlari.
  • Shayboniylar va Joniylar davri tangalari: Shayboniylar sulolasi tangalari, Joniylar davri tangalaridagi o'zgarishlar.
  • Xonliklar davri tangalari: Qo'qon, Buxoro va Xiva xonliklarida zarb etilgan tangalar, ularning xususiyatlari va nomlari.