Psixologiya fanidan barcha yo'nalishlar uchun o`quv-uslubiy qo'llanma

Ushbu kitob psixologiya fanining asosiy tushunchalari, shaxsning rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlar, bilish jarayonlari, muloqot va guruh dinamikasi kabi muhim mavzularni qamrab oladi. Kitob talabalarga, o'qituvchilarga va psixologiya bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Psixologiya fanining predmeti va vazifalari: Psixologiya fanining ta'rifi, predmeti, vazifalari, tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. Psixologik bilimlarning ahamiyati va dolzarbligi.
  • Shaxs va jamiyat muammosi: Shaxsning ta'rifi, individ, individuallik tushunchalari. Shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar. Shaxs faolligi va uning manbalari.
  • Shaxsning faolligi va ijtimoiy xulq motivatsiyasi: Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. Motivlarning anglanganlik darajasi.
  • Shaxsning borliqni bilishi jarayonlari: diqqat, sezgi, idrok: Diqqatning ta'rifi, turlari, xususiyatlari va fiziologik asoslari. Sezgi va idrokning mohiyati, turlari va qonuniyatlari.
  • Xotira, xayol, tafakkur va mustaqil fikrlash shart-sharoitlari: Xotiraning ta'rifi, turlari va fiziologik asoslari. Xayolning turlari va fiziologik asoslari. Tafakkurning umumiy xarakteristikasi, turlari va operatsiyalari.
  • Shaxsning individual xususiyatlar va ularni diagnostika qilish: Temperament, xarakter va qobiliyatlar haqida tushunchalar. Ularning tuzilishi, turlari va diagnostika usullari.
  • Muloqot psixologiyasi: Muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyati, vazifalari, turlari va shakllari. Muloqot texnikasi - verbal va noverbal vositalar.
  • Guruhning shaxsga tasiri va shaxslararo moslik muammosi: Guruhlar va ularning tasnifi. Jamoa - guruhiy rivojlanishining eng yuksak shakli. Guruhlarda va jamoalarda tabaqalanish.