Xalq dostonlarida sovchilik marosimi bilan bog’liq urf-odatlar badiiyati

Ushbu kitob o‘zbek xalq og‘zaki ijodining muhim janri bo‘lmish dostonlarga bag‘ishlangan. Unda xalq dostonlarida sovchilik marosimi bilan bog‘liq urf-odatlar badiiyati tahlil etiladi. Kitobda nikoh to‘yi oldidan o‘tkaziladigan udumlar, ularning o‘zbek folkloridagi o‘rni, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq urf-odatlar, beshik to‘yi marosimi, sovchilik aytimlari va qo‘shiqlari, shuningdek, xalq dostonlaridagi sovchilik bilan bog‘liq udumlar filologik jihatdan o‘rganiladi.

Asosiy mavzular

  • O‘zbek marosim folklorining genezisi: Marosim folklorining paydo bo‘lishi, uning ijtimoiy va ma’naviy mohiyati, marosimlarning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, urf-odat va marosimlarning o‘zaro bog‘liqligi va farqlari, marosimlarning tuzilishi va vazifalari.
  • Sovchilik qo‘shiqlari va aytimlari: Sovchilikning mohiyati, uning o‘zbek xalq hayotidagi o‘rni, sovchilik bilan bog‘liq udumlar (eshik supurdi, kovush yirtar, ro‘mol tashladi), sovchilik qo‘shiqlari va aytimlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning ma’nosi va ahamiyati. Surxon vohasida sovchilik marosimi.
  • O‘zbek xalq dostonlarida sovchilik bilan bog‘liq udumlar: Xalq dostonlarida sovchilik marosimi bilan bog‘liq udumlarning aks etishi, “Alpomish” dostonida etak yirtish va beshik kerti marosimlari, dostonlarda sovchilikning badiiy talqini, sovchilik aytimlarining dostonlardagi o‘rni va ahamiyati. «Tohir va Zuhra», «Varqa bilan Gulshoh» kabi dostonlar sovchilik an'analari.