Ona tili
Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 7-sinf o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma ona tili ta'limi metodikasini takomillashtirishga, o'qituvchilarga dars jarayonini samarali tashkil etishda yordam berishga qaratilgan. Unda darsning maqsadlari, jihozlari, rejasi, asosiy atamalar va o'quvchilarning o'zlashtirishi kerak bo'lgan bilimlar keltirilgan. Qo'llanmada darslarni interfaol usullar asosida o'tishga katta e'tibor qaratilgan va undan ortiq o'yinlar tavsiya etilgan.
Asosiy mavzular
- Til va nutq: Til va nutqning farqi, respublikamizda o'zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, til - millat ko'zgusi.
- Fonetika bo'yicha o'tilganlarni takrorlash: Unli va undosh harflarning hosil bo'lish o'rni, usuli. Undosh tovushlarning ovoz va shovqinga ko'ra turlari.
- Imlo bo'yicha o'tilganlarni takrorlash: Unli va undoshlar imlosi, asos va qo'shimchalar imlosi, chiziqcha va bosh harflarning qo'llanilishi.
- Qo'shimchalar va ularning imlosi bo'yicha o'tilganlarni takrorlash: Qo'shimchalar va ularning turlari, so'z yasovchi qo'shimchalarni takrorlash, qo'shimchalarning ma'no farqlari.
- Leksikologiya bo'yicha o'tilganlarni takrorlash: So'zning o'z va ko'chma ma'nolari haqida, shakldosh va zid ma'noli so'zlar, eskirgan va yangi ma'noli so'zlar.
- Fe'l so'z turkumi bo'yicha o'tilganlarni takrorlash: Fe'l nisbatlari, mayllari haqida ma'lumot, fe'l shakllarining bayoni, fe'llarning tuzilishi.
- Ot so'z turkumi bo'yicha o'tilganlarni takrorlash: Otlarning turlanishi, otlarning tuzilishiga ko'ra turlari, otlarning birlik va ko'plikda qo'llanilishi.
- Sifat so'z turkumi bo'yicha o'tilganlarni takrorlash: Sifatlarning yasalishi va tuzilishi, sifatning ma'no turlari, sifat darajalari.
- Son so'z turkumi bo'yicha o'tilganlarni takrorlash: Sonning ma'no turlari, sonlarning imlosi, sonlarning tuzilishi.
- Ravish so'z turkumi bo'yicha o'tilganlarni takrorlash: Ravish so'z turkumi haqida tushuncha, ravishning ma'no turlari, ravishning yasalishi, ravishning tuzilishi.
- Mustaqil so'z turkumlari haqida ma'lumot: Olmosh so'z turkumi va uning tasnifi, ko'rsatish olmoshlari, kishilik olmoshlari, o'zlik olmoshlari, so'roq olmoshlari, belgilash olmoshlari, gumon olmoshlari, bo'lishsizlik olmoshlari.
- So'zlarning munosabat shakllari: Ismlarning munosabat shakllari, egalik shakllari va ularning imlosi, kelishik shakllari.
- Yordamchi so'zlar. Ko'makchilar: Yordamchi so'zlar, ko'makchilar, sof ko'makchilar, sof ko'makchilarning ma'no turlari.
- Undov so'zlar. Taqlid so'zlar. Modal so'zlar: Undov so'zlar, his-hayajon undovlari, taqlid so'zlar, modal so'zlar.