Enеrgotеxnologiya
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalari farmatsevtika institutlari talabalari uchun "Biotexnologiya" kafedrasi uchun "Energotexnologiya" fani bo'yicha ma'ruzalar matni sifatida nashr etilgan. Ma'ruzalar matni kimyoviy jarayonlar energotexnologiyasi va energotexnologiya fanlarining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari, farmatsevtika va kimyo sanoatida ishlatiladigan jihozlar, ularning turlari, tuzilishi, ishlash tartibi, ularni hisoblash va nazorat qilish usullari haqida ma'lumot beradi. Kitobning asosiy maqsadi – bo'lajak bakalavr mutaxassislariga issiqlik jarayonlarini, issiqlik texnikasini, hamda energotexnologiyaning nazariy asoslarini o'rgatish, kimyo-farmatsevtika sohasida qo'llaniladigan turli xil apparatlarning tuzilishi, ishlash tartibi haqida tushunchalar berish, issiqlik qurilmalarining hisobi va loyihalashtirish asoslarining usullarini etkazish, yoqilg'ilarni yonish jarayonlari, moddiy va issiqlik balanslarini tuzish, issiqlik almashinuv bo'yicha ma'lumotlar berish, energotexnologik tizimlar va energetik balanslarning taxlili bo'yicha etarlicha bilim va ko'rsatmalar berishdan iborat.
Asosiy mavzular
- Energotexnologiya fani, uning mazmuni va vazifalari: Fanning asosiy tushunchalari, vazifalari, ahamiyati, kimyo farmatsevtika sanoati uchun energiya tejash masalalari.
- Texnik termodinamikaning asoslari: Termodinamika haqida tushuncha, termodinamikaning qonunlari, yopiq sistemalarda termodinamik jarayonlar.
- Termodinamik taxlilning eksergetik usuli: Eksergiya turlari va tashkil etuvchilari, issiqlik oqimi eksergiyasi. Texnologik jarayonlarning energiya samaradorligini baholash usullari.
- Gazlarni siqish va uzatish. Kompressorlar: Kompressorlar, ularning turlari va asosiy parametrlari. Rotorli kompressorlar, kompressorlarning quvvati.
- Vakuum hosil qilish: Vakuum hosil qilish haqida tushuncha, bug'larni vakuumli kondensatsiyasi, vakuumli tizimlarni xarakterlovchi parametrlar. Vakuum nasoslarda va kompressorlarda gazlarni siqilish jarayonida energetik harajatlarni kamaytirish usullari.
- Issiqlik almashinishning nazariy asoslari: Issiqlik o'tkazuvchanlik, konvektsiya va nurlanish. Fur'e qonuni. Nyutonning sovitish qonuni.
- Bug' kompressorli sovitgich moslamalari, va ularning turlari: Sovuqlik tashuvchilar. Bug' kompressorli sovituvchi moslamalarning samaradorligini oshirish.
- Sanoat usullarida issiqlikning olinishi: Yoqilg'i manbaalari. Yoqilg'i tarkibi va asosiy xarakteristikasi. Yoqilg'ining yonish issiqligi. Yoqilg'i energiyasi. Yuqori haroratli issiqlik sarflovchi moslamalar. Qozonlar. Qizdirgichlar, bug'-generatorlari, issiqlik generatorlari.
- Kimyo farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarini issiqlik bilan ta'minlash: Issiqlik bilan ta'minlash tizimlari. Issiqlikdan foydalanuvchilar va uning rejimlari. Issiqlik yuklamalari va issiqlik tashuvchilarni ko'rsatkichlarini boshqarish usullari.
- Ikkilamchi energoresurlar: Ikkilamchi energoresurslar. Ularning turlari va ishlatilishning yo'nalishlari. Ikkilamchi energoresurslarning parametrlari va ishlatilish usullari. Issiklik ko'rinishidagi ikkilamchi energoresurslarni energetik samaradorligini baxolash. Kichik potentsialga ega bo'lgan ikkilamchi energoresurslarni tejash usullari.