Дискрет математика
Ushbu kitob diskret matematika fanining asosiy bo'limlari: to'plamlar nazariyasi, kombinatorika va matematik mantiqni qamrab oladi. Unda to'plamlar, munosabatlar, graflar, mantiqiy bog'liqliklar, formulalar va algebraik sistemalar kabi tushunchalar batafsil yoritilgan. Kitob nazariy materiallarni o'zlashtirishga va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- To'plamlar nazariyasi: To'plam, to'plam elementlari, to'plamlarning berilishi, amallar, tengligi, tartib munosabatlari, bo'laklari, quvvati, kardinal sonlar, aksiomatik tizim.
- Kombinatorika: Asosiy masalalari, yig'indi va ko'paytma qoidalari, o'rin almashtirish, joylashtirish, guruhlash, takrorlanishlar, Nyuton binomi, polinomial teorema.
- Matematik mantiq asoslari: Mulohazalar algebrasi, sodda va murakkab mulohazalar, asosiy mantiqiy bog'liqliklar, formulalar, mantiq qonunlari, rostlik jadvallari, Jegalkin polinomi, rele kontakt sxemalari, kvantorlar.
- Graflar nazariyasi: Asosiy tushunchalari, ta'riflari, tasniflari, turlari, matritsalari, algoritimik yechimlari.