Иқтисодий математика усуллар

Ushbu kitob iqtisodiyot va menejment sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, matematik modellarni iqtisodiy masalalarni hal qilishda qo'llash usullarini o'rgatadi. Kitobda optimallashtirish masalalari, xatoliklar tahlili, approksimatsiya usullari va chiziqli programmalash kabi mavzularga e'tibor qaratilgan. Nazariy ma'lumotlar amaliy misollar bilan mustahkamlangan, har bir mavzu so'ngida mustaqil ishlash uchun masalalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Matematik modellashtirish asoslari: Matematik model tushunchasi, uning belgilari, tabiiy model bilan muvofiqligi. Modellashtirishda uchraydigan xatoliklar, ularning turlari va manbalari. Absolyut va nisbiy xatoliklar. Hisoblash jarayonlarining turg'unligi.
  • Optimizatsiya masalalari: Optimizatsiya masalalari ta'rifi, maqsad funksiyasi. Optimizatsiya masalalarini yechishda taqribiy usullar: ketma-ket taqqoslash, oraliqni teng ikkiga bo'lish, oltin qirqimlar usuli. Gradient bo'yicha pasayish usuli.
  • Approksimatsiya masalalari: Funksiyalarni approksimatsiya qilish zarurati. Bazis funksiyalar tushunchasi. Darajali funksiyalar, Makloren va Teylor qatorlari, Furye qatorlari. Jadval ko'rinishida berilgan funksiyalar uchun interpolyatsiya masalalari. Lagranj va Nyuton interpolyatsion ko'phadlari.
  • Chiziqli programmalash masalalari: Chiziqli programmalash masalalarining matematik asoslari. Masala shartlarini matematik ifodalash. Mumkin bo'lgan yechimlar sohasi (MBES). Maqsad funksiyasi. Optimum nuqta. Rejani bosqichma-bosqich yaxshilash usuli. Simpleks usul. Egizak masalalar.