Radioaloqa tizimlarida signallarga raqamli ishlov berish algoritmni va dasturiy ta'minotini ishlab chiqish

Ushbu bitiruv ishi radioaloqa tizimlarida signallarga raqamli ishlov berish algoritmini va dasturiy ta'minotini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Unda radioaloqa tizimlarida signallarga raqamli ishlov berishning samarali algoritmlari va dasturiy ta'minotini ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, turli signallarni tahlil qilish usullari, jumladan, chiziqli approksimatsiyalash nazariyasi metodlari, garmonik va spektral analiz nazariyasi metodlari, z – almashtirishlar va gruppa nazariyasi metodlari o'rganilgan.

Asosiy mavzular

  • Nazariy qism. Umumiy tushunchalar: Sonli usullar va dasturlash haqida boshlang'ich ma'lumotlar, radioaloqa tizimlarida tovush signallarining xususiyatlari, chiziqli va nochiziqli buzilishlar.
  • Asosiy qism. Signallarga raqamli ishlov berish jarayonini matematik modellashtirish: Tizimlarda signallarga raqamli ishlov berish qurilmalari va ularning o'tkazish funktsiyalari, signallarning chastota xarakteristikalari.
  • Signallarga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturlari: Signallarga raqamli ishlov berish algoritmining effektivlik ko'rsatkichini shakllantirish, hisoblashdagi murakkabliklarni kamaytirish uchun dekompozitsiyadan foydalanish, signallarga raqamli ishlov berish qurilmasining tizimdagi funktsiyalari bo'yicha algoritmini va dasturiy ta'minotini ishlab chiqish.
  • Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya: Komp'yuter bilan ishlaganda texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilinishini ta'minlash, ekologik xavfizlik va barqaror rivojlanish.