Kompyuter texnikasini ta'mirlash firmasining web saytini yaratish
Ushbu kitobda kompyuter texnikasiga texnik xizmat ko'rsatish, operatsion tizimlar va dasturiy ta'minotga xizmat ko'rsatish, shuningdek, veb dasturlash tillari va ma'lumotlar bazalarining analizi kabi masalalar batafsil yoritilgan. Kitobda kompyuterning tuzilishi, arxitekturasi, qurilmalarning vazifalari va turlari, nosozliklar, ularni bartaraf etish usullari hamda zamonaviy veb-sayt yaratish texnologiyalari va ma'lumotlar bazalarini loyihalash jarayonlari keng qamrovda tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Kompyuter texnikalariga texnik xizmat ko'rsatish: Kompyuterlarning tuzilishi va arxitekturasi, asosiy qurilmalarning vazifalari va ularning o'zaro aloqasi, kompyuterlardagi nosozliklar va ularni bartaraf etish usullari, texnik xizmat ko'rsatishda e'tiborga olinadigan jihatlar.
- Operatsion tizimlar va dasturiy ta'minotga xizmat ko'rsatish: Operatsion tizimlarning turlari, vazifalari, operatsion tizimni o'rnatish va sozlash, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar bilan o'zaro aloqasini ta'minlash, dasturiy nosozliklarni bartaraf etish.
- Veb dasturlash tillari va ma'lumotlar bazalarining analizi: HTML, CSS, PHP, JavaScript kabi veb dasturlash tillarining asoslari, ularning imkoniyatlari va o'zaro aloqasi, ma'lumotlar bazalarini yaratish va ularni veb-saytlar bilan bog'lash texnologiyalari, MySQL ma'lumotlar bazasini boshqarish.
- “OZOD BEXRUZ” firmasining veb saytini amaliy tadbiqi: “OZOD BEXRUZ” firmasining veb saytini amaliy tadbiqi haqida umumiy ma'lumot, veb saytni yaratish, ma'lumotlar bazasini yaratish, yangiliklar va foydalanuvchilar bilan muloqot tizimini yaratish.
- Hayot faoliyati xavfsizligi: Elektromagnit maydonning inson organizmiga ta'siri va uning oldini olish choralari, yoritish normalari, qulay sharoitlar yaratish, kompyuterda ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalari.