Turkistonda sanoat tarixi

Ushbu kitob O'zbekistonning bir qismi bo'lgan Samarqand viloyatida sanoatning rivojlanish tarixiga bag'ishlangan. Unda XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi sanoat korxonalari, ularning iqtisodiy roli, kapitalistik munosabatlarning shakllanishi va xalq xo'jaligiga ta'siri kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Mustamlakachilik siyosatining sanoatga ta'siri va mahalliy aholining iqtisodiy hayotidagi o'zgarishlar ham tahlil etilgan.

Asosiy mavzular

  • Turkistonda sanoat ishlab chiqarishning vujudga kelishi: Ushbu bobda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining Turkiston xalqlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy hayotiga ta'siri, sanoatning dastlabki korxonalari, zavod va fabrikalar paydo bo'lishi, ijobiy va salbiy o'zgarishlar, rus savdo-sanoat kapitali va mahalliy ishbilarmonlarning roli, sanoat korxonalari qurilishi, temir yo'l qurilishining ahamiyati kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Turkistonda monopoliyalashgan birlashmalarning paydo bo'lishi: Ushbu bobda sanoat ishlab chiqarishda tutgan o'rni, bank kapitalining faoliyati, sanoatda firma va shirkatlarning roli, sanoat tarmoqlari, paxtachilik sanoati va uning rivojlanishi, vinochilik va boshqa sohalar, sanoat ishchilarining ahvoli va ijtimoiy muammolari, milliy burjuaziya va proletariatning shakllanishi kabi masalalar yoritiladi. Shuningdek turli xil sanoat korxonalar va ularning Samarqand viloyatidagi faoliyati ham tasvirlangan