"Ёрдамчи тарих фани" Нумизматикадан маърузалар матни
Ushbu kitob numizmatika fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda numizmatikaning tarixi, tangalarning zarb qilinishi, O'zbekiston hududida muomalada bo'lgan tangalar, shuningdek, turli xonliklar va davlatlar tomonidan zarb qilingan tangalar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda, shuningdek, so'nggi o'rta asrlarda va undan keyingi davrlarda O'zbekistonda muomalada bo'lgan tangalar ham ko'rib chiqilgan. Mazkur kitob O'zbekistonda numizmatika fanini o'qitishda qo'llanma sifatida mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Numizmatika fanining maqsad va vazifalari: Numizmatika fanining o'rganilish tarixi, tangalarning zarb qilinish tarixi, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin numizmatika fanining ahamiyati, 'numizmatika' so'zining ma'nosi, numizmatikaning boshqa fanlar bilan aloqasi, kolleksiyalarning ahamiyati, Yevropa va jahon mzyelaridagi yirik kolleksiyalar,numizmatika fanining rivojlanishi, dastlabki tangashunoslik izlanishlari, dunyo yuzini ko'rgan ilk numizmatika kitoblari.
- Antik davr tangalari: Antik davlatlarda pul zarb qilishning yo'lga qo'yilishi,antik davr tangalarining numizmatika fani oldidagi ahamiyati, tanga chaqalarning paydo bo'lishi va uning insoniyat tarixidagi tutgan o'rni, odamlar endi pul tariqasida chorva mollarini ishlata qo'ysalarda buyumlar narxini ilgarigi odatda kirib qolgan chorva mollari narxiga chiqar edilar.
- Qadimgi davr O'zbekiston tangalari: Dastlabki tangalarni muomalaga bo'lishi, o'rta osiyoda tangalar zarb etishning boshlanishi,metaldan ishlangan pul tanga chaqalarning paydo bo'lishi insoniyat tarixidagi muhim voqealardan biri, qadimgi tanga chaqalar miloddan avvalgi VII asrda kichik osiyoda paydo bo'ldi.
- Ahmadiylar, arshokiy va sosoniylar shoxlarining tangalari: Grek dirhamlarini muomalada bo'lishi,xorazmda zarb qilingan tangalar, jamiyat iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ilgarilanma xarakat yer yuzi ayrim mintaqalarida taraqqiyotga yuqori darajada erishuviga zamim yaratdi.
- Ilk o'rta asrlarda O'zbekiston tangalari: O'rta osiyoda iqtisodiy savdo munosabatlarining kengayishi, tangalar zarb qilinishining yanada kengayishi, ilk o'rta asrlarda jahon taraqqiyoti yanada tarqqiy topdi. Chunki jahonning rivojlangan mintaqalarida quldorlik tuzumi inqirozga yuz tutib, feodalizm davri boshlandi. Natijada jahon mamlakatlari bilan keng ko'lamdagi savdo va madaniy aloqalar yanada faollashdi.
- Arab xalifaligi va sosoniylar davri tangalari: Xalifalikni dastlabki davrida muomalada bo'lgan tangalar,arab xalifaligi tomonidan zarb qilingan tangalar,sosoniylar davri tangalari, yettinchi asrdan boshlangan arablar istilosi turkistonni xam oz domiga tortdi.Bu ijtimoiy hayotning xamma soxalariga tasir korsatish bilan bir qatorda tangasozlik soxasida xam muhim bosqich boldi.
- XI-XII asrlardagi O'zbekiston: Mamlakatdagi ijtimoiy axvol, tangashunoslikdagi ozgarishlar,Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalar, Somoniylar xukmronligining oxirgi davrlarida, ayniqsa X asrning ikkinchi yarmiga kelib mintaqaning Yettisuv qismida shakllangan makondan kora xam kengroq miqyosda siyosiy faoliyat korsatish imkoni va qudratiga ega bolgan yangi siyosiy kuch maydonga chiqadi.
- XIII-XIV asrning birinchi yarmida O'zbekistonda muomalada bo'lgan tangalar: XIII-XIV asrlardagi ijtimoiy siyosiy axvol, Mongolllar davrida zarb qilingan tangalar, jahon tarixidan malumki, XIII asr boshlarida turkiston mongollar tomonidan istelo qilindi. Keyinchalik bu imperiya aloxida davlatlarga, uluslarga parchalanib ketdi.
- Amir temur tomonidan zarb qilingan tangalar: Amir temurning xokimiyat tepasiga kelishi, amir temur zarb etgan tangalarning xususiyatlari, XIV asrning 60-yillarida Mavoraunnaxrda siyosiy, iqtisodiy vaziyat keskinlashib ketdi. Dexqonchilik xunarmandchilik savdo-sotiq ishlari inqirozga yuz tutdi.
- Shayboniylar va joniylar xukmronligi davridagi O'zbekiston tangalari: Mamlakatdagi iqtisodiy-siyosiy axvol, Shaybonixon va joniylar davrida zarb qilingan tangalarning xususiyatlari, on beshinchi asr oxiriga kelib bo'shashib ketgan Temuriylar davlati xam iqtisodiy xam siyosiy jixatidan inqirozga yuz tutishi natijasida Shayboniylar boshchiligidagi ozbeklar tomonidan zabt etildi.
- XVIII-XX asr boshlarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklarida zarb qilingan tangalar: Xonliklardagi iqtisodiy xayotning rivojlanishi, Orta Osiyoda tangalar zarb etishda xar bir xonlikda oz xususiyatlarida saqlanib qolishi, XVIII asrda Orta Osiyoda ozbek qabilalaridan chiqqan kishilar xukmronlik qilgan uchta mustaqil xonlik tarkib topdi: Qo'qon xonligi, Buxoro xonligi va Xiva xonligi.
- Rossiya tangalari: Qadimgi rus tangalarining paydo bolishi,Rossiyada otkazilgan pul isloxoti, VIII asr oxirida qadimgi rus davlati xududiga katta miqdorda sharq tangalari kirib kela boshladi. Bu tangalar 'dirham' deb atalib, Orta Osiyo, Kavkaz orti, Eron, Kichik Osiyo, Messopatoriya kabi xamda Arab Xalifaligining katta xududida, Afrika va Ispanyaning turli joylarida zarb qilinar edi.
- Qadimgi va Orta asr tangalari.: Qadimgi davrda savdo munosabatlarining yolga qoyilishi, xitoyda tangalarning zarb qilinishi, Orta Osiyo va Sharqiy Turkiston xalqlari ortasidagi dostlik, xamkorlik alokalari tarixiy ildizi qadimgi davrga borib taqaladi.