Chizma geometriya va muxandislik grafikasi
Ushbu kitob chizma geometriya va muhandislik grafikasi asoslarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda proyeksiyalash usullari, nuqta, to'g'ri chiziq va tekisliklarning fazoviy geometriyasi, sirtlar va ularning tasvirlari, geometrik yasashlar hamda mashinasozlik chizmalarini tasvirlash kabi mavzular qamrab olingan. Kitob talabalarga fazoviy tasavvurni rivojlantirish, mantiqiy fikrlashni oshirish va ijodiy qobiliyatni shakllantirishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Proyeksiyalash metodlari: Markaziy va parallel proyeksiyalash, ortogonal proyeksiyalash (Monj usuli) kabi proyeksiyalash usullari, chizmalarda qabul qilingan shartli belgilar ko'rib chiqiladi.
- Nuqtaning ortogonal proyeksiyalari: Nuqtani o'zaro perpendikulyar bo'lgan ikki va uchta tekislikka proyeksiyalash, fazoni oktantlarga bo'lish va nuqtaning oktantlardagi proyeksiyalari o'rganiladi.
- To'g'ri chiziqning ortogonal proyeksiyalari: To'g'ri chiziq va uning berilishi, proyeksiyalar tekisligiga nisbatan har xil vaziyatda berilishi, izlari va ularni epyurda aniqlash, kesmaning haqiqiy kattaligini va proyeksiyalar tekisligi bilan hosil qilgan burchaklarini aniqlash masalalari ko'rib chiqiladi.
- Ikki to'g'ri chiziq: Kesishuvchi, parallel va uchrashmas (ayqash) to'g'ri chiziqlarning vaziyatlari, to'g'ri chiziq kesmasini berilgan nisbatda bo'lish usullari o'rganiladi.
- Tekislik: Tekislik va uning chizmada berilishi, proyeksiyalar tekisligiga nisbatan har xil vaziyatda berilishi, tekislikda to'g'ri chiziq va nuqta tanlash, maxsus chiziqlari ko'rib chiqiladi.
- To'g'ri chiziq bilan tekislikning kesishishi: To'g'ri chiziqning proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishish nuqtasini topish, ixtiyoriy vaziyatdagi tekislik bilan proyeksiyalovchi tekislikning kesishgan chizig'ini topish kabi masalalar yoritiladi.
- Tekis va fazoviy egri chiziqlar: Egri chiziqlar to'g'risida ma'lumotlar, tekis va fazoviy egri chiziqlar, tekis egri chiziqning maxsus nuqtalari va egriligi, ikkinchi tartibli egri chiziqlarning hosil bo'lishi, fazoviy egri chiziqlar va ularning proyeksiyalari o'rganiladi.
- Sirtlar: Sirtlarning hosil bo'lishi va ularning ortogonal proyeksiyalari, sirtlarda nuqta tanlash, sirtning ocherki, sirt turlari, to'g'ri chiziqli yoyilgan sirtlar, qaytish qirrali sirtlar, konus, silindrik, aylanish, vint sirtlar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Geometrik yasashlar: Tutashmalar, o'zaro kesishuvchi va parallel to'g'ri chiziqlarni tutashtirish, aylana va to'g'ri chiziqni tutashtirish, ikki aylanani silliq tutashtirish, egri chiziqlarning grafik usullarida yasalishi (sirkul va lekalo yordamida) ko'rib chiqiladi.
- Buyumlarning tasviri: Jismlarning texnik chizmalarini tasvirlash – ko'rinishlar, kesimlar, qirqimlar, chetga chiqarish elementlari, mashinasozlik chizmachiligidagi ayrim soddalashtirishlar, qirqim va kesimning amalda qo'llanilishi yoritiladi.
- Birikmalar: Birikmalar to'g'risida umumiy ma'lumotlar, boltli, shpilkali, vintli, truba rezbali, shponkali va shlisali birikmalar, payvand chokli, kavsharli va yelimli ajralmaydigan birikmalar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Detallar eskizini chizish va ish chizmasini tuzish: Eskiz tuzish tartibi, detallarning ish chizmalarini chizish, detal g'adir-budirligi va uni chizmada belgilash masalalari ko'rib chiqiladi.
- Yig'ish chizmalari. Sxemalar: Yig'ish chizmalarini chizish tartibi va ularni hujjatlashtirish, yig'ish chizmalarini o'qish va ularni detallarga ajratib chizish, kinematik, elektrik, pnevmatik va gidravik sxemalar haqida ma'lumotlar beriladi.