Vаzаdаgi gullаr ’’ nаtyurmоrt kоmpоzitsiyasi rеl’еfini hаykаltоrаshlikdа bаjаrish usullаri

Ushbu kitob haykaltaroshlik san'atiga bag'ishlangan bo'lib, unda haykaltaroshlikning nazariy va amaliy jihatlari, rivojlanish tarixi, texnik usullari va O'zbekistondagi haykaltaroshlik san'atining o'ziga xos xususiyatlari keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Haykaltaroshlikning tasviriy san'atdagi o'rni: Haykaltaroshlikning tasviriy san'atdagi tutgan o'rni, uning qonuniyatlari, odam va hayvonlarlarni haykallarini ishlashning o'ziga xosligi, muskullar tizimi va ularning tasviriy san'atda tutgan o'rni, inson portretini tasvirlashda mimika muskullarining ahamiyati, Haykaltaroshlikning insonning dinamik hamda statik holatlari, qush va havonlarning haykaltaroshligi va uning tasviriy faoliyatga aloqasi.
  • Haykaltarohslik asarlarini yaratishning muhum omillari: Haykaltaroshlik tarixi qadimiy Paleolit va neolit davrlaridayoq loy, suyak, shoh, toshning yumshoq xillaridan hayvon, qush, kishilarning tasvirlari tayyorlanganligi ma'lum. Qadimgi Misrda toshdan ulkan sfinkslar ishlandi, firavnlarning katta haykal va rel'eflari yaratildi. Ularda firavnning qudrati ifodalandi, ko'pincha ilohiylashtirib aks ettirildi.
  • Haykaltaroshlikning bo'rtma turida amaliy ish bajarish jarayoni: Faqat bir tomondan ko'rishga mo'ljallangan bo'rtma ( qabariq tasvir) re'lef deb yuritiladi. Rel'ef, o'z navbatida yuzaga nisbatan bir oz bo'rtirib ishlanadigan barel'ef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha bo'rttirib ishlanadigan gorel'efga bo'linadi.
  • Me'morchilik binolarining ichki va tashqi qismlarini rel'ef turlari bilan bezatilish usillari: San'at xususan haykaltaroshlik, istiqlol davrida mafkuraviy g'oyaviy, ma'naviy olamning tarkibiy qismi sifatida u millat hayotidagi siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy o'zgarishlarga plakat kabi tashviqot targ'ibot vositalarga o'xshab tezkorlik bilan javob bera olmasada, 1990 yillarning ijodiy targ'ibotlaridan kelib chiqib, quyidagicha davom etdi.