Kvant fizikasi
Ushbu kitob kvant fizikasidan amaliy mashg'ulotlar uchun mo'ljallangan bo'lib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llashga yordam beradi. Kitobda kvant fizikasining asosiy bo'limlari, jumladan nurlanish spektrlari, radioaktivlik, yadro nurlari, elementar zarralar va boshqa mavzularga oid laboratoriya ishlari keltirilgan. Har bir laboratoriya ishi nazariy tushuntirishlar, kerakli uskunalar ro'yxati va ishni bajarish tartibi bilan ta'minlangan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Nurlanish spektrini o'rganish: Turli moddalarning nurlanish spektrlarini o'rganish, spektroskop va spektrografning tuzilishi bilan tanishish, atomning chiziqli spektrlaridagi qonuniyatlarni o'rganish.
- Radiaktiv modda aktivligini aniqlash: Radiaktiv modda, kimyoviy element va radiaktiv izotoplar haqida tushuncha berish. Yadro nurlari va ularni qayd etish metodlarini o'rganish, radiaktiv kimyoviy elementning aktivligini aniqlash.
- Stronsiy-90 izotopidan chiqadigan β-zarralarning energiyasini aniqlash: Beta-zarralarning moddadan o'tganda ionlashtirish jarayonini o'rganish, beta-zarralar energiyasining modda qalinligiga qarab aniqlash, beta-zarralarni qayd qiluvchi uskunalar bilan tanishish.
- Schetchikning γ-nurlarni qayd qilish effektivligini aniqlash: Rentgen va gamma nurlarning ta'sirida tez sunuvchi schetchicklarda fotoeffekt, kompton effekt va elektron-pozitron juftlarining hosil bo'lishini o'rganish, rentgen va gamma nurlarni qayd qilish va uning effektivligini o'rganish.
- Gamma-kvantlar va rentgen nurlarining moddada yutilish koeffitsientlarini aniqlash: Rentgen va gamma nurlarining moddadan o'tishi, sochilishi va yutilishi to'g'risida ma'lumot berish. Turli xil moddalarda rentgen va gamma nurlar yutilish koeffitsientini aniqlash.
- Chaqnash usulida qayd etuvchi detektor yordamida radiοizοtopning yemirilish davrini aniqlash: USS-tipdagi uskunaning tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishish. Radiopreparatlarning yarim yemirilish davrini aniqlash.
- Elementar zarrachalar xususiyatlarini EHMlar yordamida o'rganish: Elementar zarrachalar xususiyatlarini elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida o'rganish, Dubna tajriba qurilmalaridan olingan ma'lumotlarni qayta ishlash usullari.