O'zbekiston vohalari bo'yicha etnografik liboslari bichimlarini tizimlashtirish (Buxoro - Samarqand mintaqasi)
Ushbu kitobda Buxoro va Samarqand viloyatlarining an'anaviy milliy liboslari, ularning bichimlari va texnologiyalari, shuningdek, liboslarni yaratish jarayonida qo'llaniladigan materiallar, bezaklar va uslublar chuqur o'rganilgan. Tadqiqotda liboslarning tarixi, etnik xususiyatlari, ijtimoiy ahamiyati va madaniy merosga qo'shgan hissasi ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Buxoro va Samarqand tarixi, geografik tuzilishi: Ushbu bo'limda Buxoro va Samarqand shaharlarining qadimiy tarixi, geografik joylashuvi va arxitekturasi haqida ma'lumot beriladi. Shaharlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va madaniy aloqalari yoritilgan.
- Buxoro va Samarqand milliy madaniyati (urf-odati, marosimlari, kiyimlari va kiyinish madaniyati): Bu bo'limda o'zbek xalqi, jumladan Buxoro va Samarqand aholisining urf-odatlari, marosimlari, milliy liboslari va kiyinish madaniyatining o'ziga xos jihatlari, shuningdek, liboslarning ramziy ma'nolari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
- Buxoro va Samarqand an'anaviy milliy liboslarining muzeylar bo'yicha taxlili: Bu bobda muzeylarda saqlanayotgan Buxoro va Samarqand an'anaviy liboslarining namunalari, ularning bichimi, matosi, bezaklari va tarixiy ahamiyati bo'yicha tahlil qilingan.
- Buxoro va Samarqand an'anaviy milliy liboslarining umumiy ko'rinishi, ko'p qavatliligi, ishlatiladigan matolari va bezaklari: Ushbu bo'limda Buxoro va Samarqand liboslarining umumiy ko'rinishi, ularning ko'p qavatliligi, ishlatilgan matolar va bezak turlari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
- Buxoro va Samarqand an'anaviy milliy liboslari bichimlari texnologiyasi: Bu bobda Buxoro va Samarqand liboslarining bichish texnologiyasi, an'anaviy usullari, sharqiy Osiyo va g'arbiy Osiyo bichim usullari, shuningdek, zamonaviy usullar tahlil qilingan.
- Loyiha qismi: Bu qismda loyihalashtirilgan liboslar uchun texnik topshiriq, eskiz loyihalari, to'plamni tanlash va asoslash, modellar tasnifi va ularning konstruktiv va texnologik xususiyatlari yoritilgan.
- Etno uslubini rivojlantirish: Bu bo'limda milliy liboslarimizning etno uslublarini rivojlantirish, ularni zamonaviy moda bilan uyg'unlashtirish masalalari muhokama qilingan.
- Konstruktiv qism: Ushbu bobda liboslarning konstruktiv yechimlari, bichish usullari, razmerlar va konstruktiv tuzilishning tahlili, material sarfi hisobi va andozalarning bichish xarakteristikasi kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
- Dizayn qismi: Bu qismda mahsulot haqida umumiy ma'lumot beradigan eskiz loyihalari, asosiy model tanlovining asoslanishi, kolleksiya reklama loyixasini ishlab chiqish kabi masalalar yoritilgan.