Возрастная физиология и гигиена

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Sharq va Gʻarb falsafasining oʻzaro taʼsiri" fanidan oʻquv-uslubiy majmua boʻlib, unda Sharq va Gʻarb falsafasi tarixining muhim qismlari, insoniyat sivilizatsiyasining maʼnaviy va madaniy taraqqiyot jarayonlari yaxlitlikdagi ifodasi yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Qadimgi Sharq falsafasida borliq masalasi: Sharq falsafasida borliqqa oid bilimlarning shakllanishi, ilk yozma manbalarda borliqning qo'yilishi va yechimi haqida fikr yuritiladi.
  • Oʻquv fanining maqsadi va vazifalari: Magistratura talabalariga Sharq va G'arb falsafasining o'zaro ta'siri qarashlarning dastlabki koʻrinishlari va hususiyatlari, moddiy olamning paydo boʻlishi, shakllanishi va uning turli yoʻnalishlari haqida izoh berish asosida falsafiy bilimlarni mukammallashtirishdir.
  • Qadimgi Hindiston: Borliqqa oid tasavvurlarning shakllanishi, vedalar davri, diniy-falsafiy fikrlar majmuasi, Braxman, Atman kabi tushunchalar.
  • Buddaviylik diniy-falsafiy ta'limoti: Borliq masalasi, narsalar tabiati, Draxmalar, Sansara va Nirvana tushunchalari.
  • Jaynizm diniy-falsafiy ta'limoti: Borliq masalasi, Adjiva va Jiva, Karma tushunchalari.
  • Qadimgi Xitoy falsafiy fikrlari: Olam toʻgʻrisidagi ilk falsafiy fikrlarning shakllanishi, Konfusiy, Men-Szi va Syun-szilar falsafasida borliq masalasining qoʻyilishi.
  • Daosizmda borliq masalasi: Daosizm falsafasining asosiy g'oyasi “hamma narsa oʻzim uchun" tushunchasida ifodalanganligi.
  • Ilk yunon falsafasida panteistik qarashlar transformatsiyasi: Yunon faylasuflarining mushohada yuritgan dastlabki narsa tabiat, physis ekanligi. Geraklit, borliq, Eley maktabi.
  • Levkipp va Demokrit atomizmi: Olamning oʻziga xos ontologik-kosmologik modeli sifatida. Atomlar, bo'shliq.
  • Aflotun: Borliq, gʻoyalar nazariyasi va Arastuning borliq haqidagi qarashlari.