Туризм операторлик хизматини ташкиллаштиришнинг асослари

Ushbu qoʻllanma turizm sohasida operatorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillari va uslublarini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda turoperatorlik faoliyatining turizm bozoridagi oʻrni, turmahsulotni ishlab chiqish va sotish jarayonini tashkil etish xususiyatlari har tomonlama yoritilgan. Oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlari talabalariga moʻljallangan boʻlib, undan turizm boʻyicha kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilari va soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Turizm operatorlik xizmatining asoslari: Fanning predmeti, obyekti, tur operatorlik tushunchasi, turizm xizmat bozorida tur operatorlik faoliyatining asosiy funksiyalari, operator va turogentning farqlari, operatorning qoʻshimcha vazifalari
  • Turizm xizmat bozorida tur operatorlik faoliyatining asosiy funksiyalari: Tur operatorning asosiy funksiyalari, operatorning asosiy va qoʻshimcha vazifalari, qabul qilish boʻyicha tur operatorning asosiy funksiyalari
  • Turistik bozor tushunchasi va vazifalari: Turistik bozor tushunchasi, vazifalari va tarkibi, bozor infrastrukturalari, tur operatorining turistik bozor ishtirokchisi sifatidagi roli, turistik bozor isteʼmolchilari
  • Turizmda xizmatlar va ularning xususiyatlari: Xizmat darajalari, xizmatlar paketi, xizmatlar dasturi, xizmatlarni yetkazib beruvchilar, Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishda xizmat turlarini takomillashtirish, operatorlik xizmatlari
  • Turistlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish: Xizmat koʻrsatish strategiyasi va menejmenti, zamonaviy turopereytingning asoslari, xizmat koʻrsatish animasiyasi, xorijiy tur operator vakillari, xizmat koʻrsatish sifati va boshqarish yoʻllari
  • Turizmda joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari: Turistlarni joylashtirish vositalari, mexmonxonalar tasnifi va turlari, ovqatlantirishni tashkil etish
  • Transport xizmatini tashkil etish: Turistik faoliyatni taʼminlashda transportning oʻrni, avtomobilda, temir yoʻlda va havo transportida tashish, transport xizmatlari tarifi
  • Turistik maršrutlarni ishlab chiqish: Turistik maršrutlar tushunchasi, maršrutlarni yaratish texnologiyasi va oʻrni, Oʻzbekistonda turistik maršrutlarni yaratish imkoniyatlari
  • Turlarni shakllantirish va tashkil etish: Turistik isteʼmolchilar, tur tushunchasi va loyihalash, tur rejalashtirish va tashkil etish elementlari
  • Turopereytorning xalqaro turlarni tashkil etish xususiyatlari: Agent bitimi, sohada xalqaro xamkorlik va xususiyatlar, Oʻzbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish
  • Turopereytorlik xizmatlarida turistlar xavfsizligini taʼminlash: Turizmda xavfsizlik tushunchasi, turist xarakatlar va butunjaҳon tashkiloti
  • Turopereytorlik xizmatlarini tashkil etishda axborot texnologiyalari: Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, turistik tashkilotlarda axborot texnologiyalari, bronlash, boshqarish tizimlari va internet
  • Turistik maxsulotlarni sotishning asosiy shakllari: Sotish tarmoqlari, maxsulotlarni sotish shakllari va xamkorlarni tanlash, agentlik kelishuvi xamda xaqida malumotlar berish
  • Turistik maxsulotlarni reklama qilish: Reklama va uning turlari, taxminiyligi va axamiyati hamda yonalishlari. Agentlik reklamasi xamda operatorlik xizmatlarida reklamasi
  • Turistik maxsulotlarni sotilishida qiziqtirish va targibot qilish ishlari: Reklamasiz xarakat usullari va qiziqtirish, targibot, axborotli tashriflar
  • Xizmat etkazib beruvchilar bilan xamkorlik va shartnomalar tuzish: Shartnoma rejasi va xamkorlik, Mexmonxona xojaligi bilan shartnoma, Avtotransport tashkilotlar bilan xamda Aviakompaniya bilan shartnoma
  • Turopereytor katologi. Turli korgazmalarga qatnashish: Katolog turlari va vazifalari, Rasmli malumotlarni tanlash, Buyurtmali rasmlashtirish va Turagentlar bilan xamkorlik shakllari, Korgazmani tanlash, tayyorgarlik korish. Korgazmadan keyingi ishlar