Ilmiy izlanish asoslari
Ushbu o'quv qo'llanma "Ilmiy izlanish asoslari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan bo'lib, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiyot, turizm va xizmatlar sohasida tahsil olayotgan bakalavriatura talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma talabalarga ilmiy izlanish metodologiyasi, axborot manbalari, natijalarni qayta ishlash va rasmiylashtirish, ixtirochilik asoslari va ilmiy ishlarni tashkil etish bo'yicha bilim berishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining mohiyati: Ushbu mavzu kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, Milliy dasturning maqsadi, vazifalari, Kadrlar tayyorlashning Milliy modeli kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
- Ilmiy-bilish metodologiyasi: Ilmiy bilishning umumiy tushunchasi, ilmiy izlanish bosqichlari, ilmiy izlanish metodologiyasidagi asosiy metodlar haqida tushunchalarni shakllantiradi.
- Ilmiy izlanish yoʻnalishini tanlash va ularning bajarilishi: Ilmiy izlanish ishlarining turlanishi va uning strukturasi, Ilmiy izlanish yoʻnalishini tanlash, Ilmiy izlanish yo'nalishi bo'yicha ishlarning bajarilishi kabi savollarga javob beradi.
- Ilmiy axborotlar manbalari izlanishi, yigʻilishi: Ilmiy axborotlar manbalari, axborotlar izlanishi sistemalari, UDK klassifikasiyasi haqida ma'lumotlarni o'z ichiga qamrab oladi.
- Ilmiy axborotlarni qayta ishlovi: Qaysi sistemadagi axborotlar qayta ishlovi tahlil etiladi? Tahlil qilish jarayonida necha xil axborot mangbalaridan foydalaniladi? Axborotlar xronologik sitemada qanday amalga oshiriladi? Axborotlar mavzu boʻyicha qanday amalga oshiriladi? kabi savollarga javob beradi.
- Nazariy va amaliy ilmiy izlanish: Ilmiy darajaga qaysilar kiradi? Ilmiy unvonga qaysilar kiradi? Magistraturada o'qish necha yil? kabi savollarga javob beradi.
- Ilmiy ishlar natijalarini tuzish, axborotini berish va amaliyotda tadbiq qilish: Tajriba natijalari qayta ishlovi va ularning ishonchliligini aniqlash metodlari, ilmiy ishlar natijalarini tuzish, ilmiy ishlar axborotini berish sistemasi haqida ma'lumot beradi.
- Ixtironi mazmuni va koʻrinish hollari: Ilmiy izlanish jarayonida yangiliklar qaysi holatlarda boʻladi? Kashfiyotning muallifi kim boʻlib hisoblanadi? Kashf qilingan kashfiyot qaysi qo'mitada ro'yxatdan oʻtkaziladi? kabi savollarga javob beradi.
- Ratsionalizatorlik talabnomasi, ilmiy tavsif va takliflar: Ratsionalizatorlik talabnomasi, ilmiy tavsif va takliflar bo'yicha testlar va nazorat savollarini o'z ichiga oladi.
- Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihasi)ni oʻrganish: Kurs ishi mavzulari kim tomonidan beriladi? Kurs ish (loyiha)larga kimlar rahbarlik qiladi? Kurs ish (loyiha)lari necha betdan iborat bo'ladi? kabi savollarga javob beradi.
- Bitiruv malakaviy ishlarini bajarilishi oʻrganish: Bitiruv malakaviy ishlari kimlar bajaradi? Bitiruv malakaviy ish mavzulari kim tomonidan beriladi? Bitiruv malakaviy ish mavzulari va rahbarlari kim tomonidan tasdiqlanadi? kabi savollarga javob beradi
- Magistrlik dissertatsiyalarini bajarilishi buyicha umumiy tushunchalar: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni qachon qabul qilingan? «Magistratura toʻgʻrisida»gi Nizom qachon qabul qilingan? kabi savollarga javob beradi.