Ўзбек адабиёти тарихи

Ushbu kitob o'zbek adabiyotining XVII-XIX asrlar birinchi yarmi va ХХ asr boshlaridagi mumtoz namunalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda talabalarga o'zbek adabiyoti tarixi, adabiy hayot, janrlar, mavzular, adabiy oqimlar va shaxsiyatlar xususida ma'lumot beriladi. Kitob, shuningdek, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun nazorat ishlari mavzularini o'z ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • XVII-XIX asrlar I yarmida badiiy adabiyot: Ushbu davrda tarixnavislik, tazkirachilik, adabiy aloqalar, janrlar va ularning o'ziga xosliklari, ishq-muhabbat, hajviy, ma'rifiy, islomiy, tasavvufiy g'oyalar tahlili yoritiladi.
  • Турди Фароғий - лирик шоир: Turdi hayoti va adabiy merosi, zullisonaynligi, she'rlarining janr va mavzulari, g'azal, muxammas, fard kabi janrlar xususida so'z yuritiladi.
  • Турдининг «Субҳонқулихон ва унинг амалдорлари ҳақида...» ҳажвияси: Turdi yashagan davr, u vaqtdagi hukmdorlar, ijtimoiy hayot, hajviy asarlari tahlili va janr hususiyatlari yoritiladi.
  • Бобораҳим Машрабнинг адабий мероси: Mashrab hayoti, adabiy merosi, tasavvuf bilan bog'liq tomonlari va asarlarining g'oyaviy-badiiy hususiyatlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Бобораҳим Машраб лирикаси: Mashrab lirikasining janrlari, mavzu ko'lami, ishq-muhabbat, so'fiyona qarashlari va badiiy tahlili keltirilgan.
  • Муҳаммадниёз Нишотий. «Ҳусну Дил» достони: Nishotiyning XVIII asr Xorazm adabiy muhitidagi o'rni, merosi, lirikasi, janrlari va «Ҳусну Дил» dostoni tahlili keltirilgan.
  • Мужрим-Обид - лирик шоир: Mujrim-Obid hayoti, adabiy merosi, o'zbekcha va forscha devonlari, g'azallari, ruboiylari va qit'alari tahliliga e'tibor berilgan.
  • Паҳлавонқули Равнақ ҳаёти ва ижоди: Pahlavonquli Ravnaq faoliyatining o'rganilishi tarixi, hayoti, ijodi, she'riyatining janr xususiyatlari va ishq-muhabbat mavzulari yoritilgan.
  • Ҳувайдо шеъриятининг мавзулари: Huvaydo hayoti, devonining tuzilishi, janrlar rang-barangligi, g'azallaridagi axloqiy-ta'limiy, tasavvufiy, ishq-muhabbat mavzulari va «Роҳати дил» she'riy manzumasining tahlili keltirilgan.
  • Шермуҳаммад Муниснинг «Мунис ул-ушшоқ» девонининг тузилиши, жанрлари ва мавзулари: Muntisning lirik shoir sifatidagi faoliyati, devonining tuzilishi, janrlari va ishq-muhabbat, ijtimoiy-siyosiy, tasavvufiy mavzulari haqida fikrlar yuritilgan.
  • Шермуҳаммад Муниснинг ахлоқий-таълимий қарашлари: Munisning iste'dodli shoir, tarixchi, tarjimon sifatidagi faoliyati, aqliq-ta'limiy qarashlari va «Саводи-таълим» асари tahlilga tortilgan.
  • Муҳаммадшариф Гулханий ва унинг «Зарбулмасал» асари: Gulxaniy hayoti va faoliyati, «Зарбулмасал»ning o'zbek adabiyotida tutgan o'rni, asarning syujeti, kompozitsiyasi va tahlili berilgan.
  • Махмурнинг ҳажвиётчиликдаги бадиий маҳорати: Mahmurning hayoti va ijodi, Qo'qon adabiy muhitidagi o'rni, lirikasi, hajviy asarlaridagi g'oyalar va timsollarning tahlili keltirilgan.
  • Нодира лирикаси: Nodira hayoti, ijodining o'rganilish tarixi, g'azaliyotda lirik qahramon - ayol, ona timsollarining o'ziga xosligi va asarlarining tahlili keltirilgan.
  • Увайсий – лирик шоира: Uvaysiyning XIX asr o'zbek adabiyotida tutgan o'rni, devonlari, janrlarning taraqqiyotiga qo'shgan hissasi va lirik asarlarining tahlili yoritilgan.
  • Увайсийнинг бадиий маҳорати: Uvaysiy ijodiy merosining o'rganilishi, asarlarida she'riy san'atlar va badiiy tasvir vositalarining o'rni va tahlili batafsil yoritilgan.
  • Огаҳий лирикаси: Ogahiyning ijodiy faoliyati, lirikasi, ishq-muhabbat mavzusi, forscha g'azallari va tahlili yoritilgan.
  • Огаҳий лирикасининг жанр хусусиятлари: Ogahiy lirik merosi, janrlari, «Ta'vizul-oshiqin» devoni va lirik asarlarining joylashtirilish tartibi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Огаҳийнинг бадиий маҳорати: Ogahiy lirikasi va undagi adabiy san'atlar, mazmuniy boyligi va uslubiy xususiyatlari tahlili keltirilgan.
  • XIX asr II yarmi va XX asr boshlari adabiyoti: Davrdagi tarixiy sharoit, adabiy hayot, tarixnavislik, tazkirachilik, adabiy aloqalar, ma'rifatparvarlik adabiyotining shakllanishi kabi mavzular yoritilgan.
  • Муқимий – лирик шоир: Muqimiy hayoti, ijodiy merosi, lirikasi, she'riyatining janr va mavzulari, ishq-muhabbat, zamondan shikoyat, g'am-alam tasviri tahlil qilingan.
  • Муқимий ҳажвиёти: Muqimiy ijodida o'zbek hajvchiligi an'analarining davom etishi, satira va yumorlarining shakl jihatdan rang-barangligi, hajviyotidagi timsollar tahlil qilingan.
  • Муқимий саёҳатномалари: Muqimiy «Sayoxatnoma» sida shoir timsolining gavdalanishi, mansabdor shaxslar va tabiat tasvirining o'ziga xos ifodasi batafsil yoritilgan.
  • Фурқат шеърияти: Furqat merosining o'rganilish tarixi, «Sarguzashtnoma» asari, she'riyatida insonparvarlik, sevgi, sadoqat, vatan va g'urbat mavzularining ifodasi keltirilgan.
  • Фурқат – маърифатпарвар: O'zbek adabiyotida ma'rifatparvarlik adabiyotining shakllanishi, shoir ijodida ma'rifatparvarlikning yangi bosqichga ko'tarilishi yoritilgan.
  • Комил Хоразмий - лирик шоир: Komil Xorazmiy merosining o'rganilishi, shoirning ma'rifatparvar sifatidagi faoliyati va lirik asarlari tahlilga tortilgan.
  • Аваз Ўтар шеъриятининг жанр ва мавзулари: Avaz O'tar hayoti, ijodining o'rganilish tarixi, mumtoz adabiyot an'analari va she'riyatining badiiyati tahliliga tortilgan.
  • Завқий лирикаси: Zavqiyning o'zbek ma'rifatparvarlik adabiyotida tutgan o'rni va asarlaridagi g'oyaviy-badiiy hususiyatlariga e'tibor qaratilgan.
  • Завқий ҳажвиёти: Zavqiy lirikasida hajvning o'rni, ijtimoiy hayotga munosabati va satirik asarlarining tahlili berilgan.
  • Анбар Отиннинг лирик мероси: Anbar Otinning ijodiy merosi, lirik to'plami, she'rlarining janr turlari, lirikasining mavzusi va mazmuni batafsil bayon etilgan.