Архитектура
Ushbu kitob qurilish sohasida faoliyat yurituvchi muhandis-quruvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda turar joy, jamoat va sanoat binolarining me'moriy xususiyatlari, qurilish konstruksiyalari, texnologiyalari hamda me'yoriy hujjatlar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasi hududidagi qurilishga oid me'yoriy talablarni ham o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Qadimiy me'morchilik qoidalari: Ushbu mavzuda qadimiy me'morchilik san'atlari, madaniy merosimiz va qadimda ishlatilgan me'morchilik asbob-uskunalari haqida ma'lumot beriladi.
- Me'morchilik tushunchasi va uning fikriy rivojlanish qonuniyati: Ushbu mavzu me'morchilik ilmining tushunchasi, qadimgi Yunonistondagi me'morchilikning rivojlanishi va Renessans usuli kabi masalalarni qamrab oladi.
- Qadimgi Misr va Gretsiya me'morchiligi: Bu qismda Qadimgi Misr me'morchiligining uch davri, Gretsiya me'morchiligi va orderlar sistemasi kabi mavzular yoritilgan.
- O'rta Osiyo Me'morchiligi tarixidan: Ushbu mavzuda arab xalifaligining O'rta Osiyo me'morchiligiga ko'rsatgan ta'siri, Amir Temur davridagi me'morchilik san'ati, Buxoro, Xiva va Farg'ona me'morchiligining o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqiladi.
- Bino va inshootlar haqida tushuncha: Binolar va inshootlar to'g'risida umumiy tushunchalar, binolarga qo'yiladigan asosiy talablar, bino turlari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Qurilishni industriallashtirish qurilish konstruktsiyalarini bir xillashtirish va tiplarga ajratish: Ushbu qism qurilishni industriallashtirish, qurilish konstruktsiyalarini bir xillashtirish, standartlashtirish va yagona modul sistemasi kabi masalalarni yoritadi.
- Binoning konstruktiv elementlari: Ushbu mavzu binoning konstruktiv elementlari, binoning konstruktiv yechimlari va binoning konstruktiv sxemalari haqida ma'lumot beradi.
- Asoslar to'g'risida tushuncha va ularga qo'yiladigan talablar: Asoslar to'g'risida umumiy tushunchalar, asos turlari va asosni qotirish usullari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Poydevorlar va ularning konstruktiv yechimlari: Ushbu mavzu poydevorlarning konstruktiv yechimlari, lenta simon poydevorlar, alohida turuvchi poydevorlar, yaxlit poydevorlar va qoziq oyoq poydevorlar haqida ma'lumot beradi.
- Binoning yer ostki qismini loyixalash: Binoning yer ostki qismini asosiy vazifasi, binoning yer ostki qismini gidroizolyatsiya qilish masalalari yoritiladi.
- Devor turlari va ularga qo'yiladigan asosiy talablar: Devorlarga qo'yiladigan asosiy talablar, vertikal deformatsiya choklari, devor turlari haqida ma'lumotlar beriladi.
- G'ishtin devorlar, balkon, lodjiya va erker: G'ishtin devorlar turlari, tosh devor turlari, balkon, lodjiya va erker kabi mavzular yoritiladi.
- Qavatlararo yopmalar: Qavatlararo yopmalarga qo'yiladigan asosiy talablar va temir-beton qavatlararo yopmalar haqida ma'lumot beriladi.
- Pollar va ularning konstruktiv echimlari: Pollar va ularning tarkibi, pol konstruktiv echimlari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Deraza va eshiklar: Deraza va eshiklar u yerning konstruktiv yechimlari haqida
- Tom yopmalari va ularga qo'yiladigan talablar: Tom yopmalarga qo'yiladigan talablar va nishobli tomlar va ularning konstruksiyalari haqida
- Zinalar: Zinalar va ularning turlari zinalarni konstruktiv yechimi liftlar to'g'risida
- Yirik bloklardan qurilgan binolar: Yirik bloklardan qurilgan binolarning konstruktiv sxemalari va geotexnik sharoitli joylardagi qurilishlar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Jamot binolarini loyihalash asoslari: Binolarni funksional ta'riflash yo'nalishlari ta'riflanadi