Hayot faoliyati xavfsizligi (Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish)
Ushbu kitob tibbiyot yo'nalishidagi talabalar, o'qituvchilar, litseylar va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanmada hayot faoliyati xavfsizligi, qidiruv va qutqaruv ishlari, shikastlanishlar va zaharlanishlarda birinchi yordam ko'rsatish usullari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Qidiruv va qutqaruv ishlari: Hodisa yuz berganda shikastlanganlarni saralash, qidiruv usullari, qutqaruvchilarning xavfsizlik choralari, shikastlanganlarni qidirish usullari, vayronalar ostidan qutqarish bosqichlari.
- Birinchi tibbiy yordamning umumiy tamoyillari: Shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko'rsatish qoidalari, hodisa joyini ko'rib chiqish, jabrlanuvchini ko'zdan kechirish, tez yordamni chaqirish, jabrlanuvchini kuzatish.
- Birlamchi tekshiruvdan o'tkazish. O'pka - yurak reanimatsiyasi: Terminal holatlar, klinik o'lim, nafas yo'llarini ochish, yurakni yopiq massaj qilish, sun'iy nafas berish, bolalarda reanimatsiya.
- Yuqori nafas yo'llari o'tkazuvchanligini tiklash: Geymlix usuli, bo'g'ilish belgilari va alomatlari, bo'g'ilishda birinchi yordam, qoringa turtish, ko'krakka turtki berish.
- Qon ketish turlari. Qon ketishni to'xtatish usullari: Arterial, venoz va kapillyar qon ketish, tashqi va ichki qon ketish, birinchi yordam ko'rsatish, bog'lam qo'yish qoidalari.
- Yumshoq to'qimalar shikastlanishi: Yumshoq to'qima, desmurgiya, ro'molli bog'lam, leykoplastirli bog'lam, bosh sohasidagi bog'lamlar, qo'l sohasidagi bog'lamlar, oyoqlarga qo'yiladigan bog'lamlar.
- Tayanch - harakat apparatining mexanik shikastlanishlari: Anatomiya va fiziologiya, sinish, chiqish, boylamlarning cho'zilishi va uzilishi, muskullar spazmasi, shikastlanish belgilari, immobilizatsiya, tos, son va bilak shikastlanganda birinchi yordam.
- Shok holati. Ezilish sindromi: Shok belgilari va alomatlari, birinchi yordam ko'rsatish, ezilish sindromi, ezilgan jarohatlar belgisi va alomatlari, yordam ko'rsatish.
- Zaharlanishda (lardan, ovqatdan, radioaktiv moddalardan va boshq.) Va ayrim ichki a'zo kasalliklarida birinchi yordam: Isitma, yuqori harorat belgilari va alomatlari, yuqori haroratda birinchi yordam, o'pkadan qon ketganda, bronxial astma, gipertonik kriz, stenokardiya va miokard infarkti, me'dadan qon ketganda, jigar xuruji va buyrak sanchig'ida birinchi yordam.
- Kuyish: Kuyish darajalari, birinchi yordam ko'rsatish, kimyoviy moddalar ta'sirida kuyishda birinchi yordam.
- Sovuq oldirish: Sovuq urish darajalari, birinchi yordam ko'rsatish.
- Elektr tokining organizmga ta'siri: Elektr tokidan shikastlanganda belgilar, birinchi yordam ko'rsatish.
- Cho'kish: Cho'kishni oldini olish, qutqarish usullari, birinchi yordam ko'rsatish.
- Jarohatlanganlarni tashish usullari va tashish vaqtida yordam berish: Tashish usullari, tashish vaqtida birinchi yordam ko'rsatish qoidalari.