Электрокимё
Ushbu kitob elektrokimyo fanining mohiyati, rivojlanishi va Oʻzbekistonda elektrokimyo sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarga bagʻishlangan. Shuningdek, elektrolitlar, ionlarning gidratlanishi, elektr oʻtkazuvchanlik, elektrod potensiallari, korroziya, elektroliz, galvanik elementlar, akkumulyatorlar, oʻta kuchlanish, va boshqa elektrokimyoviy jarayonlar batafsil bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Elektrokimyo fani va uning mohiyati: Elektrokimyo fanining asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi, Oʻzbekistonda elektrokimyo sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlar.
- Elektrolitlar, ionlarning gidratlanishi: Elektrolitlar, ionlarning gidratlanish jarayonlari, elektrolit eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligi, ionlanish darajasi, ionlanish konstantasi.
- Elektroliz qonunlari: Elektroliz hodisasi, elektroliz qonunlari, elektrolit suyuqlanmasi va eritmasining elektrolizi, kulonometriya asoslari, moddaning tok boʻyicha chiqish unumi.
- Elektrod potensiallari: Elektrod potensiallarining hosil boʻlishi, elektrokimyoviy kuchlanish qatori.
- Galvanik elementlar va akkumulyatorlar: Galvanik elementlar va ularda elektr yurituvchi kuchni hosil boʻlish jarayoni, katod va anodda boradigan oksidlanish – qaytarilish jarayonlari, akkumulyatorlar.
- Metallar korroziyasi: Metallar korroziyasi va ularning turlari, kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya mohiyati, korroziyadan himoya qilish usullari, ingibitorlar.