Hayvonlar biokimyosi

Ushbu o'quv qo'llanma qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlarining zootexniya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, "Hayvonlar biokimyosi" fanining laboratoriya mashg'ulotlarini yuqori saviyada o'tkazish uchun zarur ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Qo'llanmada laboratoriya mashg'ulotlariga oid nazariy tushunchalar, usullarning mohiyati va qo'llanilishi, kerakli asbob-uskunalar, materiallar va reaktivlar ro'yxati keltirilgan. Qo'llanma biokimyo fanining nazariy qismi bilan uzviy bog'liq bo'lib, talabalarning fanni chuqurroq o'zlashtirishiga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Uglevodlarga sifat reaksiyalari: Monosaxarid, disaxarid va polisaxaridlar uchun sifat reaksiyalari, Trommer reaksiyasi, vismut tuzlari bilan reaksiyasi, Feling reaksiyasi va boshqalar ko'rib chiqiladi. Uglevodlarning turli xil unumlari, ularning tuzilishi va xossalari o'rganiladi.
  • Lipidlar va ularga xos sifat reaksiyalari: Lipidlarning tarkibi, tuzilishi, biologik vazifalari, yog' kislotalari va ularning tasnifi, moylarning kislotali va yodli sonini aniqlash usullari, sovunlanish sonini aniqlash, xolesterin miqdorini aniqlash va boshqa lipidlar bilan bog'liq tajribalar yoritilgan.
  • Oqsil va aminokislotalarga xos rangli reaksiyalar: Oqsillarning biuret reaksiyasi, ksantoprotein reaksiyasi, Fol reaksiyasi, pikrin kislotasi bilan reaksiyasi, tirozin reaksiyasi, triptofan reaksiyasi va boshqa oqsillarni cho'ktirish reaksiyalari va ularning ahamiyati ko'rib chiqiladi.
  • Nukleoproteinlar va ularni ajratish usullari: Nukleoproteinlarning tarkibi, tuzilishi, biologik vazifalari, dezoksiribonukleoproteinlarni jigar va taloqdan ajratish usullari, nukleoproteinlarni achitqidan ajratish va nukleoproteinlarni gidrolizlash jarayonlari batafsil yoritilgan.
  • Fermentlar: Fermentlarning ta'siri, katalitik aktivligi, termolabiligi, ularning turlari va ishlatilish usullari. Masalan, Amilazaning kraxmalga ta'siri, saxaroza fermentining aktivligini aniqlash, lipaza fetrmentini yog'larga ta'siri va boshqalar ko'rib chiqiladi.
  • Vitaminlar va ularga xos sifat reaksiyalari: Vitaminlar, ularning ahamiyati, turlari (A, D, E, K, C, B guruh vitaminlar). A vitaminiga sifat reaksiyalari. B₁ vitamini uchun sifat reaksiyalari va boshqalar.
  • Garmonlar va ularga xos sifat reaksiyalari: Garmonlar, ularning ahamiyati, tasnifi (Steroid garmonlar, Aminokislota hosilalari bo'lgan garmonlar, Peptid va oqsil tabiatli garmonlar). Qalqonsimon bez garmonlarida yodni ochish reaksiyasi, Adrenalinning sifat reaksiyalari.
  • Qonning sifat analizi: Qon, uning ahamiyati. Ayrim elementlarning atom og'irliklari. Oqsillarni mineral kislotalar yordamida cho'ktirish, ularni organik erutuvchilar yordamida tozalash, va h.k. Qonning shaklli elementlari. Limfa va uning biologik vazifasi. Qon plazmasi tarkibi
  • Muskul toʻqimasi: Muskul toʻqimasining umumiy tavsifi va xossalari. Miozinni aniqlash, kreatinni aniqlash. Miodafer oqsili va uning ahamiyati
  • Sutga sifat reaksiyalari: Sut, uning ahamiyati va tarkibi. Sutchilik va veterinariya ishida tahlillarning ahamiyati. Sut tarkibidagi laktoalbumit va laktglobulinlarni ajratib olish