Инфратузилма асослари
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning “Biznes va boshqaruv” ta’lim sohasida 5340100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan «Infratuzilma asoslari» fanidan fanidan maruza matnidir. Unda infratuzilma tushunchasi, mohiyati, rivojlanish tarixi, O‘zbekistonda infratuzilmaning o‘rni, turlari, samaradorligi, qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi, moddiy-texnika ta’minoti va sog‘liqni saqlash kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- O'zbekistonda iqtisodiyotning rivojlanishi va unda infratuzilmaning o'rni: Infratuzilma asoslarini o'rganish zarurati, infratuzilma asoslari fanining predmeti va maqsad-vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, o'rganish usullari, infratuzilma tushunchasining mazmuni, mohiyati va kelib chiqish tarixi bayon etilgan.
- Infratuzilma xizmatlarining tasnifi va uning asosiy turlarining mohiyati: Infratuzilma xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirishning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ta’siri, infratuzilma tarmoqlarining guruhlanishi, infratuzilma xizmatlari samaradorligini aniqlash masalalari ko'rib chiqiladi.
- Qishloq xo‘jaligining infratuzilmasi: Qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari, qishloq xo‘jaligidagi infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati, qishloq xo‘jaligi iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari yoritilgan.
- Moddiy-texnika ta’minotining tashkiliy va iqtisodiy omillari: Moddiy-texnika bazaasi tushunchasi, korxonalarning moddiy-texnika ta’minotining tashkiliy omillari, lizing munosabatlari va korxonalarning moddiy-texnika ta’minotining iqtisodiy omillari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Pochta va telekommunikatsiya hamda ularning iqtisodiy xususiyatlari: Pochta va telekommunikatsiya infratuzilmasining iqtisodiy ahamiyati, pochta va telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish xususiyatlari, pochta va telekommunikatsiya tarmoqlari rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
- Aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish: O'zbekiston Respublikasida aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish turlari va ular faoлиyatiни yangicha tashkil qilish, qishloqda madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil қилишda mulkchilik , maishiy xizmat ko‘rsatish uyushmalari faoliyati haqida маьлумотлар келтирилган.
- Bojxona organlari tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish tizimida: Bojxona organlari tizimi, bojxona to‘lovlari va yig‘imlari, bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish va to‘lash masalalari yoritilgan.