Issiqlik energetikasi
Ushbu kitob gidromexanika va issiqlik energetikasi sohalariga oid laboratoriya ishlaridan iborat. Unda suyuqliklar harakati, qarshilik koeffisentlari, nasoslar va boshqa gidravlik qurilmalar bilan bog'liq tajribalar o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan. Kitob talabalarga amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga va nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- P'ezometr va to'liq bosim chizig'ini chizish: Tajribada potensial va kinetik energiyalarning o'zgarishini tekshirish, p'ezometr va to'liq bosim chizig'ini chizish, bosim yo'qolish kattaligini topish.
- Gidravlik qarshilik koeffisentini tajriba yo'li bilan aniqlash: Tajribada gidravlik qarshilik koeffisentini aniqlash, suvning oqim harakatini va qarshiliklar sohasini aniqlash, gidravlik yo'qotish koeffisentining tajriba va nazariy kattaliklarini taqqoslash.
- Mahalliy qarshiliklar koeffisentini tajriba yo'li bilan aniqlash: Tajribada maxalliy qarshiliklar koeffisentining kattaligini aniqlash, nazariy va tajriba yo'li topilgan mahalliy qarshiliklar koeffisentini o'zaro taqqoslash.
- Suyuqliklar harakat tartibini o'rganish: Silindrsimon quvurda oqayotgan suyuqlikning laminar va turbulent harakatini ko'zatish, laminar va turbulent harakat tartiblarini Reynolds soni orqali aniqlash.
- Qattiq modda zarrasining gaz oqimidagi muallaq holati tezligini aniqlash: Og'irligi va o'lchamlari har xil bo'lgan yumaloq shaklli donador zarralarning muallaqlik tezligini aniqlash, amaliy olingan va nazariy hisoblangan qiymatlarning taqqoslash va tahlil qilish.
- Havo oqimida joylashgan jismning qarshilik kuchini aniqlash: Shar va tekis to'rtburchakli yassi jismning qarshilik kuchi va qarshilik koeffisentini aniqlash.
- Venturi suv o'lchagichini tajribada sinash: Tajribada Venturi suv o'lchagichining doimiysini topish, suv o'lchagichning tajribada tarirovka grafigini qurish.
- Yupqa devorli kichik teshikdan suyuqlik oqishini tekshirish: Tajribada suyuqlik yupqa devorli kichik teshikdan oqayotganda siqilish, tezlik, sarf hamda mahalliy qarshilik koeffisentlarini topish.
- Mavhum qaynash qatlamining asosiy gidrodinamik xususiyatlarini aniqlash: Mayda zarralardan iborat qattiq jismning qo'zg'almas qattiq jismning qo'zg'almas qatlam holatiga o'tishning ko'rinishini kuzatish, donador zarralardan iborat mavhum qaynash qatlamidagi bosimlar farqini tajribada aniqlash.