Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiya

Ushbu kitob "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiya" fanidan ma'ruzalar to'plami bo'lib, unda metrologiya, standartlashtirish, sertifikatsiya sohalariga oid asosiy tushunchalar, qonun-qoidalar, me'yorlar va ularning amaliyotdagi ahamiyati yoritilgan. Kitob oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Metrologiya va texnik o'lchashlar: Metrologiya fanining asosiy tushunchalari, o'lchash vositalari va usullari, o'lchashdagi xatoliklar, universal va avtomatlashgan o'lchash usullari.
  • Standartlashtirish: O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish tizimi, standartlarning kategoriyalari va turlari, standartlashtirish usullari, standartlashtirishda davlat nazorati.
  • O'zaro almashinuvchanlik: Almashinuvchanlik asoslari va vazifasi, val va teshik sistemasi, dopusk va o'tqazishlar sistemasi, xalqaro dopusklar sistemasi.
  • Mashina detallarining geometrik shakldan va joylashishdan og`ishlari: Detal sirtlarining g`adir-budurliklari, silliq tsilindrik birikmalarning dopusk va o'tqazishlari, dumalash podshipniklarining dopusklari va ularni o'tqazish, burchak o'lchamlari va konussimon birikmalar uchun dopusklar.
  • Mahsulot sifati va uni boshqarish: Mahsulot sifati va uni boshqarish masalalari, foydalanilgan adabiyotlar.