Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxi tarkibidagi to’g’ri va egri xarajatlar hisobi va tahlili
Ushbu kitob iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mahsulot tannarxini shakllantirish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida korxonalar xarajatlarini tahlil qilish, tannarx tarkibini aniqlash, korxona mablag'larini tahlil etish, hamda "Urganch yog'-moy" OAJ misolida moliyaviy tahlilni takomillashtirish masalalarini o'rganadi. Shuningdek, tannarxni kamaytirish yo'llari, xarajatlarni tejash, samaradorlikni oshirish, me'yoriy xisob, va investitsiya loyihalariga e'tibor qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahsulot tannarxini shakllantirishda to'g'ri va egri harajatlarning xususiyatlari: Mahsulot tannarxini shakllantirishning nazariy asoslari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning jarayonli va me'yoriy usullarini qo'llash, asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibidagi to'g'ri va egri xarajatlar, ularning hisobi va maxsulot tannarxiga o'tkazilish tartibi.
- Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida "Urganch yog'-moy" ochiq aksiyadorlik jamiyatida tannarxni shakllanishi va unga ta'sir qiluvchi omillar tahlili: "Urganch yog'-moy" ochiq aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy holati tahlilining o'ziga xos xususiyatlari, "Urganch yog'-moy" OAJda maxsulot tannarxi va unga ta'sir qiluvchi omillar tahlilini takomillashtirish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona xarajatlarini tejash va samaradorligini oshirish yo'llari.