Botanika
Ushbu kitob biologiya o'qituvchilari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun mo'ljallangan bo'lib, botanika fanining laboratoriya mashg'ulotlariga oid uslubiy qo'llanmadir. Qo'llanma botanika fanining asosiy yo'nalishlari bo'yicha nazariy bilimlarni amaliy mashg'ulotlar bilan mustahkamlashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- O'zbekistonda botanika fanining rivojlanishi: O'zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar, ularning ilmiy ishlari va asarlari haqida ma'lumot beriladi.
 - Gulli o'simliklar: Gulli o'simliklarning vegetativ va generativ organlarining tuzilishi, joylashishi va vazifalari bilan tanishtiriladi.
 - O'simlik hujayralari: O'simlik hujayralarining tuzilishi va to'qimalarning tuzilishi haqida amaliyot asosida ma'lumot beriladi.
 - Ildizning tuzilishi: Ildizning tashqi va ichki tuzilishini mikroskopda ko'rish hamda ildiz qismlarini aniqlash usullari ko'rsatilgan.
 - Ildiz tizimi: Gerbariylardan foydalanib ildiz tizimini aniqlash va mikropreparatlar orqali 1 va 2 urug'pallali o'simliklarni ildizining tuzilishini mikroskopda ko'rish.
 - Poyaning tuzilishi: Poyalarning xillari, bir va ikki urug'pallali o'simliklarga xos kurtaklarning tuzilishi, daraxt tanasining ichki tuzilishi bilan tanishish.
 - Bargning tuzilishi: Bargda organik moddalarning hosil bo'lishi. Bargning suvni bug'latishi.
 - Vegetativ ko'payish: O'simliklarning ildizpoya, ildiz bachkilari, tugunaklari va piyozlari yordamida (vegetativ) ko'payishi. Iskana va kurtak payvand qilishni o'rganish.
 - Gullarning tuzilishi: Gerbariy va xona gullaridan foydalanib, bir va ikki jinsli gullarni aniqlash hamda aktinomorf va zigomorf gullarning tuzilishi va xillari bilan tanishish.
 - To'pgullarning tuzilishi: Gerbariy va xona gullaridan foydalanib, to'pgullarning tuzilishi va xillari bilan tanishish.
 - Mevalarning tuzilishi: Mevalarning tuzilishi va xillarini aniqlash.
 - Urug'ning tarkibi: Urug'ning kimyoviy tarkibini aniqlash.
 - Suvo'tlarning tuzilishi: Yashil suvo'tlar (xlorella, xlomidomonada, ulotriks, spirogira kladofora xara) ning tuzilishini mikrosko'p ostida ko'rish
 - Gulli o'simliklarning oilalari: Aniqlagichdan foydalanib gulli o'simliklarning oilalarini o'rganish.
 - Xona o'simliklarini ko'paytirish: Xona o'simliklarini ko'paytirish