O‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar va dars ishlanmalari

Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Farg'ona viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan fanlar bo'yicha bilimlar bellashuvi yakunlari va ta'lim sifati monitoringi natijalariga ko'ra o'quvchilar bilimida aniqlangan bo'shliqlarni to'ldirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar va dars ishlanmalari to'plami keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Yozma ishlar, ularni tekshirish va baholash: Yozma nutqning mohiyati, yozma ishlar turlari (yordamchi va asosiy), insho va uning turlari, inshoni baholash mezonlari, yozma ishlarga tayyorgarlik ko'rish, yordamchi xarakterdagi yozma ishlar.
  • Egalik va kelishik shakllari yuzasidan o'tilganlarni takrorlash: Egalik va kelishik shakllari haqida ma'lumot, egalik shakllari va ularning imlosi, sifatdosh va harakat nomlariga egalik qo'shimchalarini qo'shish, kelishiklar haqida tushuncha, qaratqich kelishigi, tushum kelishining belgili va belgisiz ishlatilishi, jo'nalish kelishigi qo'shimchasining imlosi, o'rin-payt kelishigi, chiqish kelishigidagi so'zlar.
  • Obuchenie ustnoy rechi ucһащixsya natsionalınıx shkol po russkomu yazıku: Rus tilida gapirishni o'rgatish metodikasi, tilni o'rgatishda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida.
  • Prepositions: Ingliz tilida predloglar haqida ma'lumot, ularning turlari, qo'llanilishi va misollar.
  • Sanoq sistemalari: Sanoq sistemalari haqida tushuncha, raqamlar, sonlar, pozitsion va pozitsiyasiz sanoq sistemalari, ikkilik, sakkizlik, o'n oltilik sanoq sistemalari.
  • Qushlarning xilma-xilligi. Umumlashtiruvchi dars: Qushlar haqida bilim, qushlar turkumlari, qaysi qush qaysi turkumga mansubligi.
  • Qadimgi Yunoniston afsonalari: Yunon afsonalari, qahramonlar, titanlar, kentavrlar, sikloplar, Gerakl va uning jasoratlari.
  • Davlatning tuzilish shakli: Davlatning tuzilish shakllari, unitar davlatlar, federativ davlatlar, konfederativ davlatlar.
  • Iqtisodiy bilim asoslaru fanidan murakkab mavzular bo'yicha masalalar va ularning yechimlari: Murakkab masalalarni echish, foizlar, murakkab foizlar, qishloq xo'jaligi va chorvachilikka oid masalalar.