Акционерлик корхоналарида капиталдан унумли фойдаланиш
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarining roli, kapitaldan foydalanish tamoyillari, ularni shakllantirish metodologik asoslari va aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari, aksiyadorlik kapitalini ko'paytirish va kamaytirish orqali unumli foydalanish yo'llari, davlat mulki ishtirokidagi korxonalarda dividend siyosati kabi masalalar Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan "Qarshi yog' ekstraksiya" AJ misolida yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Aksiyadorlik jamiyatlarining roli va iqtisodiy tabiati: Milliy iqtisodiyotda aksiyadorlik korxonalarining o'rni va ahamiyati, korxona kapitalining turlari va shakllanish xususiyatlari.
- Aksiyadorlik jamiyatining kapitalini tashkil etish va boshqarishning nazariy va huquqiy asoslari: Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi, aktsiyalar nominal qiymati hamda turlari. Aksiyadorlik kapitaliga dividendlar hisoblash va to'lash, davlatga tegishli aktsiyalar bo'yicha dividendlardan foydalanish xususiyatlari.
- "Qarshi yog' ekstraksiya" AJda aksiyadorlik kapitalidan foydalanish tamoyillari: Aksiyadorlik korxonalari kapitalini shakllantirishning metodologik asoslari, aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari. Aksiyadorlik kapitalini ko'paytirish va kamaytirish orqali unumli foydalanish yo'llari.