Vokal ansambli

Kitob vokal ansambli jamoalari uchun malakali rahbarlar tayyorlashga bag‘ishlangan. Unda fanning maqsad va vazifalari, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar, fan boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, zamonaviy axborot pedagogik texnologiyalari, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni, mustaqil ta’lim shakli va mazmuni, baholash mezonlari, glossariy va adabiyotlar ro‘yxati kabi masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Vokal ansamblining maqsad va vazifalari: Bo‘lajak mutaxassislarning badiiy didini o‘stirish, kuylash imkoniyatlarini rivojlantirish, musiqiy asarlarni qabul qilish qobiliyatini takomillashtirish, asarlar shaklini o‘rganish, uslub va mazmunini rivojlantirishdan iboratdir. Vokal ansambli xor jamoasining bir bo‘lagi bo‘lib, ijrochi o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va ovoz imkoniyatlarini ko‘rsata olishi kerak.
  • Talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar: Guruhli ijrohilikning nazariy asoslari, yakkaxon va vokal guruhi ijrochiligining o'zaro uyg'unligi, ovoz tarbiyasi, vokal ansambli faoliyatini tashkil etish, repetisiya jarayonlarini tashkil etish, ovoz sozlash mashqlarini, o'z ijrosini boshqalar ijrosiga moslashtirishni, akademik va milliy xonandalikdagi ijro uslublarini, nafas olish mashqlarini, ijro jarayonida ovoz kuchini o'zgartirishni, repertuar tanlashni, sahna chiqishlariga tayyorlanish jarayonini bilishi va ulardan foydalana olishi zarur.
  • Oʻqitishda zamonaviy axborot pedagogik texnologiyalar: Kompyuter, audio-video vositalaridan foydalanish, yangi asarlarni tinglash, asarlarni tahlil etish, ochiq darslarga qatnashish, ochiq hisobot kontsertlarini o‘tkazish.
  • Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish: Vokal asarlarini ikki va uch ovozda kuylash, o'zbek, rus va qardosh davlatlar hamda jahon kompozitorlarining turli shakldagi vokal asarlari va qo'shiqlar fan uchun malaka hosil qildiruvchi bo'lishi lozim.
  • Vokal ansambli sozi ustida ishlash: Interval va akkordlarning to‘g‘ri, sof musiqiy talaffuz etishdir. Vokal ansambli ishtirokchilarining intervallarni tiniq, sof ijro etish, melodik (gorizontal) sozi, interval va akkordlarni birgalikda ijro etish esa garmonik (vertikal) sozi deb ataladi.
  • Ansambl tuyg'ularini shakllantirish: Ansambl ijrosidagi tarkibiy qismlarning uyg'unligi va ohangdoshligidir. Unison, dinamik, usul, temp, tembr, musiqiy talaffuz va garmonik ansambllarni o'z ichiga oladi.