Dirijyorlik
Ushbu kitob "Dirijyorlik" fani bo'yicha o'quv-uslubiy majmua bo'lib, unda mazkur fanning namunaviy, ishchi dasturlari, mashg'ulotlarning mavzulari, fan bo'yicha glossariy, baholash mezonlari, yakka mashg'ulot mavzusi bo'yicha texnologik xaritalar, ta'lim texnologiyalari, hamda majmuaga ta'lluqli barcha materiallarning elektron shakllari jamlangan. Majmua xalq ijodiyoti (turlar bo'yicha) bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Dirijyorlik fanining maqsad va vazifalari: Talabalar olgan malakalarini mustahkamlanishining ratsional usullarini o'rgatish, asarlarning ritmi, o'lchovi, dinamik belgilari va mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetish, asarning har bir partiturasini yoddan bilish, asarning ijrosi jarayonida har bir ovozlarni o'z paytida ko'rsata olish, shu vaqtning o'zida olingan umumiy va musiqa madaniyatini tarbiyalash, dunyo qarashini kengaytirish hamda g'oyaviy yonaltirish hisoblanadi.
- Talabalarning bilimiga, ko'nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar: Talabalar dirijyorlik fanining predmeti, maqsadi va vazifasi, havaskorlik xor jamoalarida dirijyor faoliyatini ahamiyati haqida tasavvurga ega boʻlishi, xor asarlarini tahlil qilish, xor partituralari, dirijyorlik pulti, repetitsiyalar jarayonini tashkil etish, jahon va Oʻzbekistondagi taniqli xor dirijyorlari, xor jamoalari mavjud teatrlar haqida tasavvurga ega boʻlishi, Dirijyorlikdagi shtrixlarni, kreshendo va diminuendolarni bajarishni, subito forte va subito pianoni qoʻllashni, dinamikani qoʻllay olishni, xor jamoasi bilan ishlash va muloqot qilishni, asarlarni tahlil qilishni o'rganishi kerak.
- Fanning oʻquv rejadagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi: Dirijyorlik fani eng asosiy mutaxassislik fani hisoblanadi va 1-8 semestrlarda oʻqitiladi. Dirijyorlik amaliyoti, xor sinfi, xor partiturasini oʻqish, aranjirovka, vokal ansambli, vokal kabi fanlar bilan bevosita bog'liqlikda oʻrgatiladi.
- Fanni oʻqitishda zamonaviy axborot pedagogik texnologiyalar: Dirijyorlik fanini o'rganish jarayonida o'qitishning quyidagi yangi texnologiyalaridan foydalanish samaralidir: kompyuterda nota terish dasturlaridan, audio-video vositalaridan foydalanish, chet el va oʻzbek kompozitori hamda bastakorlarining yangi asarlarini tinglash, ushbu asarlarni tahlil etish, ochiq hisobot kontsertlarini oʻtkazish.
- Dirijyorlik ijro etish yollari: Aniqlilik, usullilik, tejamkorlik, gavda, bosh va qo'lni toʻgʻri holatda boʻlishi, kuylashni boshlash yollari, diqqatni bir nuqtaga toʻplash, kuylashni tamomlash yollari, dirijyorlik texnik harakatlarini oʻrganish, auftakt harakatlari, har turli templar ijrochisi.